+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 28 Дек 2023
    Талабалар ташаббуслари қўллаб-қувватланади
    ёшлар ҳаёти Андижон давлат чет тиллар институтида "Раҳбар ва ёшлар" учрашуви бўлиб ўтди. Учрашувда институтнинг биринчи проректори Ботиржон Аҳмедов талабалар билан мулоқот ўтказди. Дастлаб у…
  • 28 Дек 2023
    Ватан ҳимояси - муқаддас бурч
    Мамлакатимизда ўтказилаётган "Ватанпарварлик" ойлиги доирасида Булоқбоши туманидаги 55- ихтисослашган давлат умумтаълим мактабида "Ватан ҳимояси - муқаддас бурч" мавзусида маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди. Ўқувчи ёшларнинг юртга…
  • 28 Дек 2023
    ҚИЗЛАР ТАРБИЯСИДА КИТОБНИНГ ЎРНИ
    "Китоб - беминнат устоз" деб ёзганди буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий. Дарҳақиқат, билим ва маънавий юксалишга эришишнинг энг асосий манбаи китобдир. Шунингдек, китоб тарбия…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

Super User

TUMANDA FAOLIYAT KO‘RSATAYOTGAN FERMER XO’JALIKLARI RAHBARLARI VA HISOBCHILARI DIQQATIGA !!!

Fermer xoʻjaliklari faoliyati to‘g‘risida 2024-yil yakuni bo‘yicha “1-fx shakli” yillik statistika hisobotini 2025-yilning 10-mart sanasidan kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz stat.hisobot.uz sayti orqali eStat-4.0 elektron shaklda topshirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz.

 

Murojaat uchun telefon raqam: (93) 253-55-44

Shahrixon tumani statistika bo‘limi

TUMANDA FAOLIYAT KO‘RSATAYOTGAN FERMER XO’JALIKLARI RAHBARLARI VA HISOBCHILARI DIQQATIGA !!!

Fermer xoʻjaliklari faoliyati to‘g‘risida 2024-yil yakuni bo‘yicha “1-fx shakli” yillik statistika hisobotini 2025-yilning 10-mart sanasidan kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz stat.hisobot.uz sayti orqali eStat-4.0 elektron shaklda topshirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz.

 

Murojaat uchun telefon raqam: (99) 902-42-02

Ulug‘not tumani  statistika bo‘limi

HURMATLI MIKROFIRMA VA KICHIK KORXONA RAHBARLARI VA HISOBCHILARI DIQQATIGA !!!

2024-yil yakuni bo‘yicha Mikrofirma va kichik korxonalar (dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalardan tashqari) “1-kb shakli” yillik statistika hisobotini 2025-yilning 10-mart sanasidan kechiktirmay; Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar 2025-yil 1-aprel sanasidan kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz stat.hisobot.uz sayti orqali eStat-4.0 elektron shaklda topshirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz.

 

Murojaat uchun telefon raqam: (95)010-41-44   

Qo‘rg‘ontepa  tumani statistika bo‘limi

HURMATLI KORXONA VA TAShKILOT RAHBARLARI VA HISOBCHILARI DIQQATIGA !!!

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, banklar,sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari 2024 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bo‘yicha “12-moliya shakli” oylik statistika hisobotini 2025-yilning 18-yanvar sanasidan kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz stat.hisobot.uz sayti orqali eStat-4.0 davlat statistika hisobotlarini elektron shaklda topshirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz.

 

Murojaat uchun telefon raqamlari: (95) 044-43-55

Baliqchi tumani statistika bo‘limi

HURMATLI KORXONA VA TAShKILOT RAHBARLARI VA HISOBCHILARI DIQQATIGA !!!

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, banklar,sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari 2024 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bo‘yicha “12-moliya shakli” oylik statistika hisobotini 2025-yilning 18-yanvar sanasidan kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz stat.hisobot.uz sayti orqali eStat-4.0 davlat statistika hisobotlarini elektron shaklda topshirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz.

 

Murojaat uchun telefon raqamlari: +998999024202

Ulug`nor tumani statistika bo‘limi

HURMATLI KORXONA VA TAShKILOT RAHBARLARI VA HISOBCHILARI DIQQATIGA !!!

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, banklar,sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari 2024 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bo‘yicha “12-moliya shakli” oylik statistika hisobotini 2025-yilning 18-yanvar sanasidan kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz stat.hisobot.uz sayti orqali eStat-4.0 davlat statistika hisobotlarini elektron shaklda topshirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz.

 

Murojaat uchun telefon raqamlari: (94) 430-81-76

Bo‘ston tumani statistika bo‘limi

Yangi O‘zbekistonda yangi saylov

Munosabat

 

Xozirgi rivojlanib borayotgan davlatlar qatorida munosib o‘rin egallab kelayotgan yurtimiz yangi saylov jarayoni arafasida turibti. Saylovlar - bu har bir fuqaroning jamiyat hayotiga ta’sir o‘tkazishi va o‘z kelajagini belgilashi uchun muhim imkoniyatdir. Saylovda ovoz berish orqali biz nafaqat bugungi va ertangi kunimizni shakllantiramiz. Shu bilan bir qatorda saylovlarda ishtirok etish huquqimiz orqali davlat va jamiyatning muhim masalalarida bilvosita ishtirok etishmizga imkon beradi. Yangi O‘zbekistonda “O‘z kelajagim uchun ovoz beraman” shiori fuqarolarning saylovlarda ishtirok etishdagi mas'uliyatini va ahamiyatini ifodalaydi. Ovoz berishning ahamiyati, fuqarolik burchi va jamiyatning taraqqiyotiga ta’siri haqida so‘z yuritamiz ekan bu jarayonda saylash huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarni huquqlaridan oqilona foydalanishga chorlab qolamiz.

Ovoz berish har bir fuqaroning asosiy siyosiy huquqlaridan biridir. U demokratik jamiyatlarda hokimiyatni shakllantirishning eng muhim vositasi bo‘lib, har birimizga o‘z fikrimizni bildirish imkoniyatini taqdim etadi. Har bir ovoz davlat boshqaruvida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, xalqning irodasini ifodalaydi.

Saylovlarda ovoz berish - bu nafaqat huquq, balki burch hamdir. Fuqarolar o‘z kelajagini belgilashda ishtirok etmasa, siyosiy jarayonlarning rivojiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Shu sababli, ovoz berish - bu jamiyatdagi har bir kishining mas’uliyati.

Bugungi yoshlar ertangi kunning rahbarlari, mutaxassislari va jamiyat yetakchilaridir. Ular kelajakka befarq bo‘lmasliklari kerak, chunki har bir saylov ertangi kundagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotning rivojlanish yo‘nalishini belgilab beradi. Yoshlar o‘z fikrlarini va qarashlarini saylov orqali ifoda etib, davlat boshqaruviga ta’sir ko‘rsatishlari mumkin.

Yoshlar nafaqat kelajakka, balki o‘zining bugungi hayotiga ham mas’uldir. Shu boisdan, ularning siyosiy faolligi va ovoz berishga bo‘lgan munosabati jamiyatdagi o‘zgarishlarga katta ta'sir ko‘rsatadi. Bu jarayonni anglagan yoshlar o‘z huquqlaridan foydalanib, jamiyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun imkoniyatga ega.

Har bir ovoz jamiyatning rivojlanishida o‘z ahamiyatiga ega. Saylovlarda faollik siyosiy barqarorlikni ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash va davlat boshqaruviga nisbatan ishonchni oshirishga xizmat qiladi. Ovoz berish orqali fuqarolar davlatning siyosiy kursini belgilashda bevosita ishtirok etishadi.

Ovoz berish natijasida davlat boshqaruvi organlarida yangi islohotlar amalga oshirilishi mumkin. Shu sababli, har bir fuqaro saylovlarda faol ishtirok etish orqali jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishi mumkin. Buning uchun saylov oldi kampaniyalarida qatnashish, nomzodlarning dasturlarini o‘rganish va o‘z qarorini xolisona qabul qilish lozim.

Ovoz berish jarayonining adolatli va shaffof o‘tkazilishi fuqarolarning ishonchini ta’minlash uchun juda muhimdir. Saylovlar jarayonida har bir fuqaro o‘z ovozining adolatli sanalishiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu esa davlat hokimiyatining qonuniyligini va fuqarolarning davlat boshqaruviga ishonchini oshiradi.

Saylovlarda kuzatuvchilar va mustaqil komissiyalar ishtirok etishi, saylovoldi kampaniyalarning shaffofligi va nomzodlar o‘rtasida teng raqobatning ta’minlanishi, saylov natijalarining qonuniyligini kafolatlaydi. Shu tariqa, har bir fuqaro o‘z ovozining haqiqiy ta’sir kuchiga ega ekanligini his etadi.

Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki “O‘z kelajagim uchun ovoz beraman” - bu nafaqat shior, balki har bir fuqaroning jamiyat oldidagi burchi va mas'uliyatidir. Har bir ovoz - bu bizning kelajagimiz, farzandlarimiz va davlatimizning ertangi kuni uchun qo‘yilgan qadamdir. Shu sababli, har bir fuqaro o‘z huquqidan to‘liq foydalanishi va saylovlarda faol ishtirok etishi zarur. Fuqarolarning faolligi demokratik jarayonning asosini tashkil etadi va davlat boshqaruvini yanada adolatli va samarali qilishga hissa qo‘shadi.

 

I. ALIJONOV,

AndMI Intellektual boshqaruv  va  kompyuter tizimlari fakulteti tyutori.

YOSHLAR VA SAYLOV: KELAJAKNI SHAKLLANTIRISHDAGI MUHIM QADAM

Munosabat

 

Bugungi yoshlar ertangi kunning rahbarlari, ijtimoiy faollari va jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Shu sababli, ularning saylovlardagi faolligi va siyosiy jarayonlardagi ishtiroki jamiyatning rivoji uchun muhim ahamiyatga ega. Yoshlar saylovlarda ovoz berish orqali o‘z kelajagini shakllantiradi, davlatning siyosiy yo‘nalishiga ta’sir ko‘rsatadi va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etadi. Ushbu maqolada yoshlarning saylovlarda ishtirok etishining ahamiyati, siyosiy faollikning afzalliklari va yoshlarning saylov madaniyati haqida so‘z yuritamiz.

Yoshlar uchun saylovlar - bu o‘z kelajagini belgilash imkoniyati. Ular saylovlarda ovoz berish orqali davlatning siyosiy yo‘nalishini belgilashda qatnashishadi. Yoshlarning ovozi davlat boshqaruvi va ijtimoiy hayotda o‘zgarishlarga ta’sir ko‘rsatadi.

Saylovlar orqali yoshlar davlatning kelajagi uchun mas'uliyatni o‘z zimmalariga olishadi. Bu mas’uliyat faqat ovoz berishda emas, balki saylovoldi kampaniyalarida ishtirok etish, siyosiy partiyalar va nomzodlar dasturlarini o‘rganish orqali namoyon bo‘ladi. Yoshlar, shu tarzda, siyosiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Yoshlarning siyosiy faolligi jamiyatning demokratik taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadi. Faol yoshlar o‘z huquq va majburiyatlarini biladi, davlat boshqaruvida qatnashishdan cho‘chimaydi va ijtimoiy masalalarga befarq bo‘lmaydi.

Bilim va siyosiy savodxonlik - saylovlarda ishtirok etish va siyosiy jarayonlarga qiziqish yoshlarning siyosiy savodxonligini oshiradi. Ular davlat boshqaruvi, siyosiy partiyalar, qonunchilik jarayonlari va ijtimoiy islohotlar haqida ko‘proq ma'lumot olishadi.

Yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish - Saylov jarayonlarida ishtirok etish yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantiradi. Siyosiy faoliyatda qatnashish, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish va saylov kampaniyalarini qo‘llab-quvvatlash orqali ular yetakchilik qobiliyatlarini shakllantiradi.

Jamiyatga ta’sir o‘tkazish - yoshlar o‘z qarashlarini saylovlarda ifoda etib, davlat boshqaruvi va ijtimoiy hayotda o‘zgarishlarga sabab bo‘lishadi. Ularning ovozlari siyosiy qarorlarning qabul qilinishida muhim ahamiyatga ega.

Yoshlarning siyosiy madaniyati va saylovlarda ovoz berish jarayoniga munosabati davlat va jamiyatning kelajagiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Siyosiy madaniyat yoshlarning siyosiy bilimlari, siyosiy jarayonlarga bo‘lgan qiziqishi va ijtimoiy mas’uliyatiga bog‘liq. Bu madaniyatni shakllantirishda ommaviy axborot vositalari, ta'lim tizimi va oilaning roli katta.

Ovoz berish yoshlarning o‘z huquqlarini himoya qilish va davlat boshqaruvida ishtirok etishning eng muhim usullaridan biridir. Ovoz berish orqali ular o‘z fikrlarini ifoda etib, jamiyatdagi adolat, tenglik va farovonlikka hissa qo‘shadilar.

Yoshlar saylovlarda faol qatnashishi uchun davlat va jamoatchilik tashkilotlari bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak. Bunga siyosiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan ta'lim dasturlari, yoshlar uchun maxsus seminarlar va treninglar, ijtimoiy tarmoqlar orqali siyosiy ma'lumotlarni tarqatish va yoshlar uchun mos saylovoldi tadbirlarini tashkil etish kiradi.

Shuningdek, yoshlar orasida saylovlar haqida tushuntirish ishlarini olib borish, ularni siyosiy jarayonlarga jalb qilish, saylovlarda ishtirok etishning afzalliklarini ta’kidlash va ularga ovoz berishning ahamiyatini tushuntirish kerak.

Yoshlar saylovlarda ishtirok etish orqali o‘z kelajagini va davlatning siyosiy kursini belgilashda faol qatnashishadi. Ularning siyosiy faolligi, bilimdonligi va mas’uliyatliligi jamiyatning rivojlanishi va demokratik jarayonlarning mustahkamlanishiga katta hissa qo‘shadi. Har bir yosh saylovda ovoz berish orqali o‘z fikrini bildirishi va jamiyat taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, har birimiz kelajagimiz uchun javobgarmiz va bu javobgarlikni o‘z huquqlarimizdan foydalanish orqali namoyon etishimiz lozim.

 

F.ASLONOV,

Andijon Mashinasozlik instituti Intelektual Boshqaruv va Kompyuter tizimlari  fakulteti tyutori. 

ОДАМ САВДОСИНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ - МУҲИМ МАСАЛА

ХалҚаро лойиҳа

Марказимиз бир неча йиллардан буён хотин-қизлар ва уларнинг оила аъзоларини ижтимоий-ҳуқуқий қўллаб-қувватлаш борасида самарали фаолият юритиб келмоқда. Хусусан, оғир ҳаётий вазиятга тушиб қолган, руҳий ва жисмоний зўравонликка учраган, одам савдоси қурбонига айланган аёлларга тиббий, психологик ва хуқуқий ёрдам кўрсатиб келинмоқда. Умуман, марказимиз томонидан мазкур йўналишда жуда кўп лойиҳалар амалга оширилди.

БМТ Халқаро миграция ташкилотининг Ўзбекистондаги ваколатхонаси томонидан молиялаштирилган, айни пайтда амалга оширилаётган "Аёл ва миграция" деб номланган лойиҳа ҳам ана шулардан биридир.

Лойиҳанинг асосий мақсади, миграция жараёнида иштирок этаётган аёллар билан ишлаш, миграциянинг салбий ва ижобий жиҳатларини ўрганиш, ноқонуний меҳнат миграциясининг олдини олиш бўйича тарғибот ишларини олиб боришдан иборат.

Лойиҳа доирасида меҳнат миграциясида бўлиб қайтган 300 нафар хотин-қиз ўртасида  миграциянинг салбий ва ижобий жиҳатларини ўрганиш бўйича анкета сўровномалари ўтказилди. Сўровномани ўтказишда одам савдоси ва мажбурий меҳнатга қарши курашиш бўйича Андижон шаҳри, Қўрғонтепа, Избоскан, Балиқчи ва Пахтаобод туманлари ҳудудий комиссиялари  аъзолари, маҳалла фуқаролар йиғинларида фаолият олиб бораётган хотин-қизлар фаоллари ҳам иштирок этишди. Чунки вилоятда айнан юқоридаги шаҳар ва туманларда хорижга ишлаш учун бораётган хотин-қизлар сони бошқа туманларга нисбатан анча юқори. Шунинг учун ҳам ана шу ҳудудлар танлаб олинган.

Туман, шаҳар маҳаллаларида одам савдосига қарши курашиш бўйича идоралараро коимиссия аъзолари иштирокида 10 дан ортиқ  семинар-тренинг, учрашув ва давра суҳбатлари ўтказилиб, миграциянинг салбий ва ижобий томонлари муҳокама  қилинди. Мутахассислар томонидан иштирокчиларга ноқонуний миграция, одам савдоси қурбонига айланиб қолиш, унинг аянчли оқибатлари ҳақида кенг маълумот ва тушунчалари берилди.

Тадбирларда одам савдоси ва норасмий миграциянинг олдини олиш мавзусидаги мингдан ортиқ  буклет тарқатилди. Шунингдек, хотин- қизларнинг миграция жараёнларидаги иштироки, уларга нисбатан жамиятдаги, яъни оила, маҳалла, жамоа ва жамоатчилик ўртасидаги муносабатлар таҳлил қилинмоқда.

Лойиҳа доирасида миграция жараёнида иштирок этган хотин-қизларга жамиятда бўлаётган салбий ва ижобий қарашларни  очиб беришга қаратилган иккита видеоролик тайёрлаш белгиланган. Ҳозирга қадар битта видеоролик тайёрланиб, ижтимоий тармоқлар орқали аҳолига етказилди. Эндиликда мигрант аёл хорижда иш ўрганиб, яхши тикувчи бўлиб  қайтгани ва маҳалласида ўзининг кичик тикув цехини очгани, маҳалладаги ишсиз аёлларни иш билан таъминлагани жараёнлари акс эттирилган иккинчи видеоролик тайёрланмоқда. Ҳар икки йўналишдаги видеороликлар тайёрлангандан сўнг вилоят телевидениесида намойиш этилади ҳамда мавзу бўйича ток-шоу ўтказилиши кўзда тутилган.

Хорижга ишлаш учун боришга ҳар бир фуқаронинг ҳақи бор. Четда ишлаш орқали киши юртига инвестиция киритади, касбий малакаси ортади, даромад топади, турмуш фаровонлиги яхшиланади. Фуқаро меҳнат миграцияси жараёнида қонуний қатнашса, у бехавотир меҳнат қилади, давлатимиз ҳимоясида бўлади, ҳақ-ҳуқуқлари поймол бўлмайди. Шунинг учун ҳар бир фуқаро, айниқса, опа-сингилларимиз хорижга ишлагани бориш учун олдиндан тайёрланиши, борадиган жойини, бажарадиган ишини аниқлаштириб олиши, борадиган давлат тилини мулоқот даражасида ўрганиши муҳимдир. Акс ҳолда, у алданиб қолиши мумкин, қолаверса, фирибгарлар тузоғига илиниш, одам савдоси қурбонига айланиб қолиш эҳтимоли юқори бўлади.

Бизнинг мақсадимиз, "Аёл ва миграция" лойиҳаси доирасида олиб борилаётган ишлар ана шундай салбий ҳолатларнинг олдини олишга, мазкур йўналишдаги муаммоларни аниқлаш ва тарғибот ишлари самарадорлигини оширишга кўмаклашишдир.

Холидахон МИРЗАРАҲИМОВА,

"Меҳримиз сизга" аёллар ва уларнинг оилаларини ижтимоий ҳуқуқий қўллаб-қувватлаш маркази директори, Одам савдоси ва мажбурий меҳнатга қарши курашиш бўйича республика миллий комиссияси аъзоси.

МЕРОС ИШИ ОЧИЛГАНЛИГИ ТЎҒРИСИДА

Андижон шаҳрида доимий яшаб, 2024 йил 21 март куни куни вафот этган, марҳум IMINOV MAXAMATJON MAXMUDOVICHнинг мулкларига нисбатан мерос иши очилган. Шу сабабли унинг меросхўрлари марҳумдан қолган мулклардан мерос тариқасида ўзларига ўтиши мумкин бўлган ҳиссаларни расмийлаштириш ёки воз кечиши ҳақида ёзма ариза бериш учун 1 (бир) ой муддат ичида Андижон шаҳрида (Андижон шаҳри, Айланма кўчаси, нотариус Азимов Одилжон) хусусий амалиёт билан шуғулланувчи нотариал идорага шахсини тасдиқловчи ҳужжатлар билан мурожаат қилишлари мумкинлиги билдирилади.