+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 26 Сен 2025
    МУКОФОТЛАР МУБОРАК!
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги фармонига асосан тақдирланганлар орасида вилоятимизнинг бир…
  • 12 Сен 2025
    ИСТИҚЛОЛ БАЙРАМИ БОЛАЖОНЛАРГА ҚУВОНЧ УЛАШДИ
    Аждодларимизнинг азалий орзуси бўлган, баркамол авлоднинг истиқболига айланган Мустақиллик кунини ҳар қанча байрам қилсак арзийди. Халқимизнинг энг улуғ, энг азиз байрами - истиқлол айёми жорий…
  • 12 Сен 2025
    АРХЕОЛОГИК ВА МУЗЕЙ ТУРИЗМИ ЯНАДА РИВОЖЛАНАДИ
    Форум Андижон вилояти Марҳамат туманида «Кўҳна Довон сирлари» II археология туризм форуми бўлиб ўтди. Президентимиз топшириғи асосида Марҳамат тумани ҳокимлиги, “Мингтепа-маданий мерос» жамоат фонди, Яҳё…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

She'riyat gulshani

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo`limi rahbari Xurshida Vaxobjon qizi rahbarligida bir guruh andijonlik ijodkor yoshlar yaqinda Jizzax viloyatida bo'lib o'tgan “Zomin-2025” respublika yosh ijodkorlar seminarida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi. Ularga ijod yo'lida omadlar tilab qolamiz.

Quyida ana shu yoshlarning ijodidan namunalar bilan tanishasiz.

 

MEHR

Tog'larga tosh kerak, bog'larga nihol,

Daryoga suv darkor,  sahrogachi qum.

Gar quyosh bo'lmasa, hattoki falak

Ko'zdan yoshin to'kib yig'laydi yum-yum.

 

Oymomo bo'lmasa tunlar qorong'u,

Qish ham zerikarli yog'masa gar qor.

Qir-adirni bezab lolaqizg'aldoq

Olovdek yonmasa bekordir bahor.

 

Ba'zan samodagi turfa jilvali,

Go'zal kamalakni deymiz biz sehr.

Lek insonga bunday sehrdan ko'ra,

Dunyoda zarurdir zarracha mehr.

 

SUYANGAN TOG'IM

 

Olov bo'lib chaqnashim mumkin,

Daryo bo'lib toshishim mumkin.

Orzularning osmonida men

Xayol kabi uchishim mumkin.

 

Yulduz bo'lib porlarman bir kun,

Quyosh misol chaqnarman balki.

Lekin sensiz ona Vatanim

Bo'lolmasman hatto bir uchqun.

Mashhura_BOTIROVA,

O`zbekiston Milliy universiteti jurnalstika fakulteti talabasi.

 

 

INTIQOM

 

Tugadi,

Tugadi eshikni yopdim yuzingga,

Eshikning osdida chil-chil bo'ldi qalb.

U sindi,

Sevgimni qamab ko'z yoshga,

To'kib yubordim men ko'zingga qarab.

 

Butun tun men yolg'iz kezdim darbadar,

Cho'ntakda tugagan puldek muhabbat.

Dunyolarga sig'may asragan ko'ngling,

Meni dunyosiga sig'dirmas faqat.

 

Seni sevardim men,  qattiq sevardim,

Bugun pushaymonlar sevgidan ulkan.

Bir kuni qadrimga yetarsan jonim,

Sevgimni orqalab ketaman men ham.

 

Tugadi,

Gul ochdi ayriliq bugun,

Ko'z yoshimdan o'ksik oqdi sevgilar.

Boshimni silagan g'irromchi dunyo,

Sening boshingni ham muloyim silar!

 

Ha,

Sen kulasan, kulasan shodon,

Men yoq kunlaringda yashaysan be g'am.

Beparvo o'taman uchrab qolsang goh,

Sensiz kunlarimda yashayman men ham!

 

Bu g'irrom dunyoning intiqomi shu!

Komilaxon TURSUNOVA,

Jalaquduq tumani.

 

ANDIJONIM

 

Saharida bulbullarning хonishi bor,

Har qadamda avliyo-yu donishi bor,

Bir dunyo baxt - "baxt" atalmish yoz,

qishi bor,

Huzur topar, rohat topar sanda jonim,

Avliyolar makonisan, Andijonim.

 

Har qadami islohotdir - obod go'sha,

Odamlari mamnun, hursand-u shod go'sha,

Tariximning gultojisi - senmu o'sha,

Bobur bobo, Nodiralar sanda jonim,

Ota meros, ona meros - Andijonim.

 

Farzandlaring yuzlarida baxt kulgusi,

Hali ajib tonglar otib, kun kelgusi,

Senda Rizvon isi, bordir hurlik isi,

Bog'laringda qaynar ilhom sanda jonim,

Yuksalaver, jonday suyuk - Andijonim...

 

Mehriddin SOBIRJONOV,

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-sinf o`quvchisi.

 

Ota Andijon!

 

Yillar silsilasi, yillar shamoli,

Uzilgan yaproqday bitdi yo'qlikni.

Ey anda jon ketmish jonim Andijon,

Biz qadr etdikmi baxtni, to'qlikni?

 

Bir-bir ko'zdan o'tar tolmas botirlar,

Moltalash-qontalash xorlar, g'oliblar.

Yulduz kiprigiga ilmini osgan,

Ziyo nurin izlab ketgan toliblar.

 

Ming shukr omonlik, odamlar omon,

Yovqur o'ylarimda erka orzular.

Bunda gullab yotar saksovulzorlar,

Jonga jon beradi ma'sum tuyg'ular.

 

Bir-bir sanamayman sharafing-shoning,

Somon yo'lidagi porloq yulduzsan.

Tong otar tunlari tug'yonlarimda.

Qalbimdan yaralgan o'lmas Qaqnussan.

 

Andijon! Baxt shahri benazir o'lka,

Oltin Oftobingni  suyganlar suyuk.

Boburiy nazmlar kezgan o'lkamsan,

O-O- Ota Andijon, o'zingsan buyuk!

 

 Mumtozmaxalbegim -

Mohinurxon TURSUNOVA,

Shahrixon tumani.

 

DADA

Notavonman yokida bir g'o'r,

Sizni bilmay o'tyabman, Dada.

Yashashim-ku siz tufayli zo'r,

Bir bor rahmat aytmabman, dada.

 

Asli dunyo mendan bezigan,

Gunohlarim qiladi za'da.

Yaxshi inson bo'lmayabman-ku,

Yaxshi inson o'zingiz, dada.

 

Men tufayli hali ishlaysiz,

Sizga o'xshash orzudir bizga.

Dada, tinib-tinchib tolmaysiz,

Shudringlar ham tushmasdan yerga.

 

Kasallik ham sizga qarindosh,

Yengib qo'yar bizni bir tumov.

Ko'zlarimga quyiladi yosh,

Bir bor sizni eslamabmanov.

 

Hayotimda qahramonimsiz,

She'rlarimda yashang siz, dada.

Sizga rahmat aytmaganim chun,

Yuragim ham qiladi zarda.

 

Hayot sinab tolmadi bizni,

Sinmayabman boringgiz uchun.

Men Xudoga rahmat aytaman!

Sizdek dadam borligi uchun.

 

Men Xudoga rahmat aytaman!

Sizdek dadam borligi uchun...

 

Abrorbek ABDULLAYEV,

Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti  talabasi.