+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 26 Сен 2025
    МУКОФОТЛАР МУБОРАК!
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги фармонига асосан тақдирланганлар орасида вилоятимизнинг бир…
  • 12 Сен 2025
    ИСТИҚЛОЛ БАЙРАМИ БОЛАЖОНЛАРГА ҚУВОНЧ УЛАШДИ
    Аждодларимизнинг азалий орзуси бўлган, баркамол авлоднинг истиқболига айланган Мустақиллик кунини ҳар қанча байрам қилсак арзийди. Халқимизнинг энг улуғ, энг азиз байрами - истиқлол айёми жорий…
  • 12 Сен 2025
    АРХЕОЛОГИК ВА МУЗЕЙ ТУРИЗМИ ЯНАДА РИВОЖЛАНАДИ
    Форум Андижон вилояти Марҳамат туманида «Кўҳна Довон сирлари» II археология туризм форуми бўлиб ўтди. Президентимиз топшириғи асосида Марҳамат тумани ҳокимлиги, “Мингтепа-маданий мерос» жамоат фонди, Яҳё…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

She'riyat gulshani

QAROR

 

Sen qalbimga ekkan og'riqlar,

Bugun chinor kabi mustahkam o'sdi.

Yo'qlikka yo'l oldim. Ketmoqchi edim.

Qizim darvozada yo'limni to'sdi.

 

Bo'ynimga osilib, yig'ladi dunyo,

Jajji qo'lchalarning isini tuydim.

Men uning ko'ngliga ekdim umidim,

Men endi hayotni boshqacha suydim.

 

Sen ekkan dardlaring gulladi qiyg'os,

Mehrimni yulding-a o'tday yovvoyi.

Sening azoblaring so'limas aslo,

Ko'z yoshi-la sug'arar bolam kun boyi.

 

Hali suv tugaydi meshkoplaringda,

Hali хаzon kabi to'kilasan, kut.

Yovvoyi pechakday yulgan bag'ringda,

Barcha gullaringga qo'yajakman o't!

 

Komilaxon TURSUNOVA,

Jalaquduq tumani.

 

ANDIJONIM

 

Andijonim, ko'zga suray tuproqlaringni,

His qilarman e'zoz, mehru ardoqlaringni.

Har bog'ingda beqiyos bir Vatan husni bor,

Jannatiy deb suygum yashil sayhonlaringni.

 

Ko'zlarimni qamashtirar bug'doyzorlaring,

Qay o'lkada topiladi gul bahorlaring?

Bolaligim erkalagan yo'lchalar aziz,

Cho'miltirib katta qilgan soy, anhorlaring.

 

Momolarim merosida allalaring bor,

Hech millatda topilmagan yallalaring bor.

O'zbekiston, mangu yasha, sening bag'ringda,

Mening kabi minglab yoshlar kulsin baxtiyor!

 

Mushtariybonu TOYIRJONOVA,

Shahrixon tumanidagi 59- umum ta'lim maktabi 6- sinf o'quvchisi.

 

 

TABIAT

 

Xafa bo'lib ingraydi  ariq,

Baliqchalar tugab boryapti.

Yozga yetmay maysachalari,

Sarg'ayishib xorib qolyapti.

 

Tutunlarning achchiq hidiga,

Bo'g'iladi yalpiz nafasi.

Odamlarning shafqatsizligi,

Tabiatning yovuz qafasi.

 

Yarim yo'ldan qaytadi turna,

Suv qidirib yig'laydi oqqush.

Baliqlar-chi sargaygan suvda,

Suzichadi bemajol, behush.

 

Men esa har yonga javdirab,

Insonlarga insof tilayman.

Yashil o'rmon, zilol suvlarning,

Uzoq yashnashini tilayman.

 

Kelinglar, ey zamondoshlarim,

Tabiatga quloq tutaylik.

Barchamiz bir tan-u jonlarmiz,

Haddimizni hech unutmaylik!

 

 Ro'zixon NE'MATULLAEYVA,

Qo'rg'ontepa tumanidagi 10- umumta'lim maktabining 6- sinf o'quvchisi.

 

CHUMOLINING MEHNATI

Erta sahar saf tortib tekis,

Ishga tushar qora chumoli.

Bir chiziqda yemak tashishar,

Boshqalarga tegmay ziyoni.

 

Tinim bilmas, mudrashmaydi hech,

Terlamaydi, tolmas oyog'i.

Yuki katta o'zidan lekin,

Bilinmaydi sira qiynog'i.

 

Eltib beray, yordamim deya,

Bug'doyini to'kdim uyiga.

Kutilmagan holdan, hayratdan,

Qotib qoldim uning ko'yiga.

 

Qaramadi marhamatimga,

Xatlab o'tdi bug'doy donidan.

Orqadagi lashkarlari ham,

Ters burilib ketdi yonidan.

 

Ibrat ekan mitti chumoli,

O'rnak oldim halolligidan.

Va o'zimdan uyalib ketdim,

    Dangasa, xomxayolligimdan.

O'g'iloy USMONOVA,

Qo'rg'ontepa tumanidagi 39- umumta'lim maktabining 6- sinf o'quvchisi.