+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 26 Сен 2025
    МУКОФОТЛАР МУБОРАК!
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги фармонига асосан тақдирланганлар орасида вилоятимизнинг бир…
  • 12 Сен 2025
    ИСТИҚЛОЛ БАЙРАМИ БОЛАЖОНЛАРГА ҚУВОНЧ УЛАШДИ
    Аждодларимизнинг азалий орзуси бўлган, баркамол авлоднинг истиқболига айланган Мустақиллик кунини ҳар қанча байрам қилсак арзийди. Халқимизнинг энг улуғ, энг азиз байрами - истиқлол айёми жорий…
  • 12 Сен 2025
    АРХЕОЛОГИК ВА МУЗЕЙ ТУРИЗМИ ЯНАДА РИВОЖЛАНАДИ
    Форум Андижон вилояти Марҳамат туманида «Кўҳна Довон сирлари» II археология туризм форуми бўлиб ўтди. Президентимиз топшириғи асосида Марҳамат тумани ҳокимлиги, “Мингтепа-маданий мерос» жамоат фонди, Яҳё…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

She'riyat gulshani

SHIRMONBULOG'IM

 

Men tug'ilgan qishlog'im,

Shirmonbulog'im.

Aziz Vatan men uchun ,

Go'zal gulbog'im.

 

Unga ko'rk berib turar,

Chilustun tog'i.

Har bahorda gullarga,

To'lar quchog'i.

Yaylovlarni to'ldirar,

Qo'zi-ulog'im.

Qaynab turar har doim

Shirin bulog'im.

 

Har qadamin gullatar,

Bog'bon dehqonim.

Men Rayyona qizingman,

Yo'qdir armonim.

 

ONAJON

 

Dunyoni suyab turgan

Mehrijahon onajon.

Baxtimizga sog'-omon,

Bo'ling deyman har qachon.

Sizga teng keladigan,

Hech inson topmagayman,

Onajonim, men sizni

"Quyosh" deb atagayman.

 

         Rayyona Xoliqberdiyeva,

Andijon shahridagi 13- maktabning

6- sinf o'quvchisi

 

 

 

Uloqcha

 

Echkimizning uloqchasi,

Ola- sariq quloqchasi.

Meni ko'rib chopqillasa,

Taqirlaydi tuyoqchasi.

 

Uzoq ketmas onasidan,

Dakki yemas xolasidan.

Esli uloqcham bor deya,

Echki xursand bolasidan.

 

Tongda quvnab ko'rishamiz,

Sutini teng bo'lishamiz.

Kuzda birga to'ladi u,

Echki xola bo'ladi u.

 

Afruza Hasanova,

Andijon tumanidagi 4- maktabning 6- sinf o'quvchisi.

 

 

Ta'tilga rejalarim

 

Tugasa ham  maktabim,

Tugamaydi matlabim.

 

Ta' til uchun rejam ko'p,

Uddalasam bo?lar ho'b.

 

Ko'p asarlar o'qiyman,

Yalqovlikdan cho'chiyman.

 

Onamga berib yordam,

Qo'liga beraman dam.

 

Parvarishlab gullarni,

Xushnud qilay dillarni.

 

Ta' til dam olish emas,

Dangasa g'olib bo'lmas.

 

Yozni o'tkazishga soz,

Bo'laman o'zim sarboz.

 

Sezasiz ulg'ayganim,

Va o'n to'rtga to'lganim.

 

Maktabim sari shoshib,

Chopaman ilmim oshib.

 

Yozgi rejam shundaydir,

Tongi tiniq kundaydir.

 

Maqsadga ziyo kerak.

Sizlardan duo kerak.

 

Zaynabbegim Ne'matova, 

Andijon tumanidagi 4- maktabning

6- sinf o'quvchisi.