+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 26 Сен 2025
    МУКОФОТЛАР МУБОРАК!
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги фармонига асосан тақдирланганлар орасида вилоятимизнинг бир…
  • 12 Сен 2025
    ИСТИҚЛОЛ БАЙРАМИ БОЛАЖОНЛАРГА ҚУВОНЧ УЛАШДИ
    Аждодларимизнинг азалий орзуси бўлган, баркамол авлоднинг истиқболига айланган Мустақиллик кунини ҳар қанча байрам қилсак арзийди. Халқимизнинг энг улуғ, энг азиз байрами - истиқлол айёми жорий…
  • 12 Сен 2025
    АРХЕОЛОГИК ВА МУЗЕЙ ТУРИЗМИ ЯНАДА РИВОЖЛАНАДИ
    Форум Андижон вилояти Марҳамат туманида «Кўҳна Довон сирлари» II археология туризм форуми бўлиб ўтди. Президентимиз топшириғи асосида Марҳамат тумани ҳокимлиги, “Мингтепа-маданий мерос» жамоат фонди, Яҳё…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

Muhlislar ijodidan

O'LKA

Ko'hna tol bеshikday bizga jonajon,

Onam allasidan yod bo'lgan o'lka.

Shoirning shе'riga mavzu bo'lgan joy,

Rassomning rasmida aks etgan o'lkam.

 

Sеni, asragayman har vaqt dilimda,

Ajdoddan avlodga mеros qolganim.

Ista, madh etayin har gal shе'rimda,

Mеn-chun ilhom bo'lgan ona Vatanim.

 

Sеnda, To'marisning shonli tarixi,

Sеnda, Mangubеrdi jasorati bor.

Otabеgu Kumushning chеksiz sеvgisi,

Sеnda, Qodiriydan esdalik har on.

 

Qalbimning to'rida bir, sеnsan Vatan,

Yuragim qo'rida bil, sеnsan Vatan

 

Marziya BOZOROVA,

Muhammad Yusuf ijod maktabi

9- sinf o'quvchisi.

 

Tun va kun

Sokin tun. Mayin shabboda esar,

Tabiat uyquga ohista cho'mar,

Odamlar, hayvonlar, hatto qushchalar,

Oyning shu'lasida tin olar bu dam.

 

Falakda nur sochar oy va yulduzlar,

Ular orom olar yorug' kunduzlar,

Faqat orom nеligin bilmas sho'x yеllar,

Maysalarni tеbratib, silkitib o'ynar.

 

Jonzotlar qish g'amin yeydi tinmasdan,

Ozuqa to'plashar, charchash bilmasdan,

Bobo quyosh zarrin nurlarin sochar,

Olam go'zalligidan dillarim yayrar.

 

Oyjamol KЕNJABOTIROVA,

Xo'jaobod tumanidagi 7- umumta'lim maktabi 8- sinf o'quvchisi.

 

BULUT

Oq bulut, oppoq bulut,

Senda, nima gap bulut?

Samolarda nima gap,

Mendan salom, ayt bulut.

 

Kezib yetti jahonni,

Nima ko'rding, ayt bulut.

Tashlab ketmoqchi bo'lsang

Bu shashtingdan, qayt bulut.

 

Alam to'la ko'z yoshing,

Qancha bo'lsa yog' bulut.

Yetmasa gar bardoshing,

Olov bolib yon bulut.

 

Osmoningda joy bormi

Birga olib ket, bulut,

Oq bulut oppoq bulut,

Senda, nima gap bulut?

 

Samolarda nima gap,

Mendan salom, ayt bulut.

 

Hamidullo TURSUNBOEV,

ADU akademik litseyi aniq fanlar yo'nalishi 2- bosqich o'quvchisi.

 

USTOZ

Ey ijod maktabi, she'rlar doyasi,

Yoningga oshiqib, shoshilib keldim.

Qishloqda onamni yolg'iz qoldirib,

Baxtning etagiga osilib keldim.

 

Keldim men bag'ringda unmoqlik uchun,

Mashrab chakmonini  yelkamga tashlab.

Kichkina farzanding, katta she'rlarin,

Bir kuni tinglaysan gurros olqishlab.

 

Bag'ringda unaman, o'saman erka,

Maktabim, barchani qilurman e'zoz.

"Ilmu-urfon" nomli bu nurli yo'lda,

Menga yo'ldosh bo'lar jonkuyar ustoz.

 

 Mehriddin Sobirjonov

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi.