+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 26 Сен 2025
    МУКОФОТЛАР МУБОРАК!
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги фармонига асосан тақдирланганлар орасида вилоятимизнинг бир…
  • 12 Сен 2025
    ИСТИҚЛОЛ БАЙРАМИ БОЛАЖОНЛАРГА ҚУВОНЧ УЛАШДИ
    Аждодларимизнинг азалий орзуси бўлган, баркамол авлоднинг истиқболига айланган Мустақиллик кунини ҳар қанча байрам қилсак арзийди. Халқимизнинг энг улуғ, энг азиз байрами - истиқлол айёми жорий…
  • 12 Сен 2025
    АРХЕОЛОГИК ВА МУЗЕЙ ТУРИЗМИ ЯНАДА РИВОЖЛАНАДИ
    Форум Андижон вилояти Марҳамат туманида «Кўҳна Довон сирлари» II археология туризм форуми бўлиб ўтди. Президентимиз топшириғи асосида Марҳамат тумани ҳокимлиги, “Мингтепа-маданий мерос» жамоат фонди, Яҳё…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

She`riyat gulshani

VATAN

 

O'zgacha uradi yuraklar birdan

Eshitsa nogahon ulug' nomingni.

Yolg'on emas, rosti, haqiqat chindan

Aziz jonimizga darmonsan, Vatan

Yashash, borimizga farmonsan Vatan.

 

Quloqlar ostida yoqimli, mayin

Ona allasida yangrading ilk bor

Qo’msaymiz bu sasni vaqt o'tgan sayin

Olamda eng buyuk onasan, Vatan

Tantisan, suyuksan, bolasan, Vatan.

 

Manguberdi, Temur davridan buyon

Bo'ldi jasoratning mayog'i Turon.

Surgay adolatning bayrog'i davron

O'tmishimdan meros karvonsan, Vatan

Kimlargadir orzu, armonsan, Vatan.

 

Cho'lpon, Fitrat, Nosir, Qodiriy bobom -

Jadidlar o'lmadi, tirikdir hamon

Beqiyos iz qoldi, o'chmaydi mudom

Joni fidolarga makonsan, Vatan

Erkinsan, farovon zamonsan, Vatan.

 

Tong iliq nafasi - sabosi yelar,

To'rt tomondan tinchlik havosi kelar,

Borliqqa shodlikning navosi yetar

Sozanda sozining kuyisan, Vatan

Ajib taronalar uyisan, Vatan.

 

Gulshanoy ABDULBOQIYEVA,

Izbiskan tumani.

Cholpon xotirasiga

 

Tavallud topsaydi hur O’zbekistonda,

Yashardi erkin, go’zal, baxtli zamonda.

She'rlarini o’qib yiglamas edik,

Balki kuylar edik sho’x-sho’x har yonda.

 

Aytmasdi: "binafsha, u qanday qo’llar

Uzarlar, hidlarlar, yancharlar"-  deya,

Aytardi: "binafsha go’zalsan juda,

Bahorga yarashding bunchalar" - deya.

 

Balki yozilmasdi "kecha kunduz"ning.

Yurakni o’rtagan mash'um kechasi.

Yozilardi faqat yorug’ kunduzning.

Munavvar tongi-yu porloq ertasi.

 

Shoirning ko’ksiga otilmasdi o’q.

Taqilardi albat ko’krak nishonlar.

Xazon bo’lmas edi umr yaprog’i.

Yuzlardan oshardi surib davronlar.

 

Yo’q, shoir o’lmagan, yashaydi hamon.

She’rlarda hamnafas pinhona bo’lib.

Orzu-istaklarin ro’yobi bugun,

Tillardan tushmaydi shukrona bo’lib

 

 Zumradxon ASTANOVA,

Asaka tumanidagi 22- sonli Bolalar musiqa va san'at maktabining oliy toifali oqituvchisi. 

 

Andijon gullar shahri

Uchib kelgan kabutarga don beramiz,

Hovuzdagi baliqlarga non beramiz.

Gul ekilgan Xonoboddan Quvagacha,

Gul ekamiz yetti yoshdan buvagacha.

 

“Oq-yo’l” tilab biz hozircha Namanganga,

Chor atrofi gulzorlarga burkanganga.

Yo‘laklarga ohak surtib tosh teramiz,

Navro‘z kuni elimizga osh beramiz.

 

Marhamatim, bir tomoni Izboskandir,

Ko‘chasida turli-tuman gul o‘skandir.

Bo’zga kelib sayr eting bog‘u-bo’ston,

Tarixlarga bitiluvchi bitta doston.

 

Ma’shuqaga yigitlardan dil izhori,

Jon qizlarni titratuvchi ko‘ngil tori.

Muattar hiddan hidlab biz kutamiz,

Qizlarimiz qo‘liga gul biz tutamiz.

 

Uyimizda yo‘lakchalar gulga to‘lsin,

Kayfiyatlar ko‘tarilib xo’p shod bo‘lsin.

Habibining ifodalab gul ekamiz,

Gulga qo‘shib mehrimizni ham tikamiz.

 

Barchamiz ham gulga mehr qo‘ysak agar,

G’oliblikning maqomi ham bizga tegar.

Qo‘ldan qo‘lga o‘tib turar g‘alaba ham,

Kelgusida Namanganga bo‘lib hamdam.

Nishonboy hoji Jo`rabek o`g`li

Qo`rg`ontepa tumani.

 

TONG CAHARDA...

Erta tongda sahnada quyosh,

Raqs tushar go’zal raqqosa.

Qushlar kuylar tinchlik qo’shig’in,

Jo’r  bo’laman mеn ham uyg’ona.

 

Dimoq’imga  xush yoqar biram ,

Buvim ekkan sada rayhonlar.

Kundan - kunga bo’y  cho’zib  borar,

Lola, xushbo’y  atirgul, chеchaklar.

 

Onam yopar issiq kulcha non,

Isi tutar butun qishloqni.

Qaymoq bilan еb olamiz so’ng,

O’tlatamiz  qo’yni, uloqni.

 

Oq bulutlar suzib boradi,

Go’zallikni o’zida jamlab.

Tinchlik, xotirjamlik, baraka,

Qishlog’imda kеzar saharlab.

 

Dilshoda ABDUMUTALLUBOVA,

Andijon  davlat  chet tillari instituti 3- bosqich talabsi.

 

FARZANDIMGA

Ko’zimning oq-u  qarosi  erkam, sеnsan,

Uyimning   ko’rki,  chiroyi, sеnsan,

Onajon, dadajon  dеgan so’zlaring bilan

Baq’rimni erkalab, to’ldirgan sеnsan.

 

Farzandlarni bеrgan Allohga shukr,

Atrofga boqib, qilgin chiroyli fikr.

Umidim kattadir sеndan bolajon,

Bilginki, erkalar sеni Vatan, jonajon.

 

Sеn uchun qurilgan chiroyli maktab,

Sеn uchun darslik-u, badiiy kitoblar.

O’qigin, olim  bo’l,  bo’lgin  bir shoir,

Olamga  taratgin, yurting dovruqin.

 

Sеn bo’larsan shifokor yoki muallim,

O’zingsan mеning  polvon,  o’g’lonim.

Vatanga xizmat qil, fidoyi bo’lib,

Bizning umidimizsan, aziz o’g’lonim.

 

Mavludaxon YORQULOVA,

Andijon shaqar markaziy shifoxonasi bosh qamshirasi.