+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 26 Сен 2025
    МУКОФОТЛАР МУБОРАК!
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги фармонига асосан тақдирланганлар орасида вилоятимизнинг бир…
  • 12 Сен 2025
    ИСТИҚЛОЛ БАЙРАМИ БОЛАЖОНЛАРГА ҚУВОНЧ УЛАШДИ
    Аждодларимизнинг азалий орзуси бўлган, баркамол авлоднинг истиқболига айланган Мустақиллик кунини ҳар қанча байрам қилсак арзийди. Халқимизнинг энг улуғ, энг азиз байрами - истиқлол айёми жорий…
  • 12 Сен 2025
    АРХЕОЛОГИК ВА МУЗЕЙ ТУРИЗМИ ЯНАДА РИВОЖЛАНАДИ
    Форум Андижон вилояти Марҳамат туманида «Кўҳна Довон сирлари» II археология туризм форуми бўлиб ўтди. Президентимиз топшириғи асосида Марҳамат тумани ҳокимлиги, “Мингтепа-маданий мерос» жамоат фонди, Яҳё…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

She`riyat gulshani

Ijodkor o`quvchilar safi ortmoqda

Jalaquduq tumanidagi 62- davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabida “Hilol” deb nomlangan adabiy to`garak faoliyat olib bormoqda. To`garakka adabiyotga, she`riyatga qiziqqan 48 nafar o`quvchi yoshlar jalb etilgan. To`garak mashg`ulotlari orqali bolajonlarga ijodkorlik, ijodiy yo`nalishlarning o`ziga xos jihatlari haqida bilim va ma`lumotlar berib borilmoqda. Bu esa o`z navbatida ularning ijodiy jihatdan yanada faol bo`lishga, adabiyotga oid bilimlarini boyitishga yordam bermoqda.

Mashg`ulotlar samarasi o`laroq, o`quvchilarimizning she`riy mashqlari mazmunan boyimoqda, ijodkorlarimizning yangi- yangi qirralari ochilmoqda. Quyida maktabimiz ayrim o`quvchilarining ijod namunalaridan e`tiboringizga havola etamiz.

 

Nargiza TO`RABOEVA,

Jalaquduq tumanidagi 62-DIUMning ijodiy-madaniy masalalar bo`yicha targ`ibotchisi.

 

QAYERDASIZ, MUHAMMAD YUSUF?

 

She'rlaringiz o'qiyman sevib,

Butun fikr-u vujudim berib.

Bir she'r yozdim so'zlarni terib,

Qayerdasiz, Muhammad Yusuf`?

 

Mehringizni qalblarga solib,

Yashardingiz ko'ngildan yonib.

Yoshligingiz Anjonda qolib,

Qayerdasiz, Muhammad Yusuf`?

 

Sodda yashash sizga yarashib,

Hofiz do'stlar she'rlar talashib.

Hozirgacha sizni eslashar,

Qayerdasiz, Muhammad Yusuf`?

 

Vatan uchun hamisha kuyib,

Tanti xalqni jonidan suyib.

Xotirlaymiz har kuni turib,

Qayerdasiz, Muhammmad Yusuf`?

 

Nargiza TO'RABOEVA,

Jalaquduq tumani  62-DIUM targ'ibotchisi.

 

BAHOR

Bahor keldi uyalib,

Yashil ko'rpa to'shalib.

Qizg'aldoqqa burkanib,

Daraxtlarga suyanib.

 

Bog'larida bulbullar,

Oshyon qilib sayrashar.

Birgalikda zavqlanib,

Xursandlikdan o'ynashar.

 

Qo'zichoqlar yayrashar,

Bir-birlarin quvlashar.

Gullardagi kapalak,

Bahordan berar darak.

 

Mohidavron O'KTAMBEKOVA,

 5- sinf oquvchisi.

 

VATAN

Sen men uchun yuksak, qadrdon,

Har qadamim yursam guliston.

Ertaklarda yo'qdur bu doston,

Vatan, seni jondan sevaman.

 

Har bir inson Vatanim deydi,

Shu maskanning donini yeydi.

O'z  uyida gullab-yashnaydi,

Vatan, seni jondan sevaman.

 

Sen uchun men kuysam arziydi,

Chin yurakdan suysam arziydi.

Mehring qalbdan tuysam arziydi,

Vatan, seni jondan sevaman.

 

Charos AKROMOVA,

  5- sinf oquvchisi.

 

JONKUYAR USTOZIMIZ

Otaday hamrohimiz,

Onaday hamrohimiz.

Maktabda chirog'imiz,

Jonkuyar ustozimiz.

 

Endi biz ulg'ayyapmiz,

Barchasini bilyapmiz.

Qalbimizda qoldi iz,

Jonkuyar ustozimiz.

Mushtariy TOHIROVA,

5- sinf oquvchisi.