+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 26 Сен 2025
    МУКОФОТЛАР МУБОРАК!
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги фармонига асосан тақдирланганлар орасида вилоятимизнинг бир…
  • 12 Сен 2025
    ИСТИҚЛОЛ БАЙРАМИ БОЛАЖОНЛАРГА ҚУВОНЧ УЛАШДИ
    Аждодларимизнинг азалий орзуси бўлган, баркамол авлоднинг истиқболига айланган Мустақиллик кунини ҳар қанча байрам қилсак арзийди. Халқимизнинг энг улуғ, энг азиз байрами - истиқлол айёми жорий…
  • 12 Сен 2025
    АРХЕОЛОГИК ВА МУЗЕЙ ТУРИЗМИ ЯНАДА РИВОЖЛАНАДИ
    Форум Андижон вилояти Марҳамат туманида «Кўҳна Довон сирлари» II археология туризм форуми бўлиб ўтди. Президентимиз топшириғи асосида Марҳамат тумани ҳокимлиги, “Мингтепа-маданий мерос» жамоат фонди, Яҳё…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

She’riyat gulshani

Ijodkor yoshlar safi ortmoqda

Buloqboshi tumanidagi 2- umumta’lim maktabida «Yosh qalamkashlar» to`garagi faoliyat olib bormoqda. Ijodkor o`quvchilar mashg`ulotlar davomida turli tadbirlar, adabiy uchrashuvlar o`tkazish bilan birga, ijod sirlarini ham o`rganmoqdalar. Maktabda o`quvchilarning hikoya, she’riy mashqlari saralanib, kichik hajmdagi mo`jaz kitobchalar jamlanmalari yaratildi. Tabiiyki, bu - o`quvchilarning ijod qilishga bo`lgan qiziqishini oshirmoqda, ijodkor yoshlar safi ortmoqda. Qolaversa, ijodiy jarayonlar ularni kitobxon bo`lishga, kuzatuvchanlikka, voqeliklarni tasvirlash ko`nikmasini puxta egallashga o`rgatadi. Quyida turli yoshdagi o`quvchilarning she’riy mashqlaridan namunalar bilan tanishasiz.

 

Umida Egamberdiyeva,

maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo`yicha targ`ibotchisi.

 

Quyosh va oy

-Quyosh Oyni ko`rmaydi,

Oyga hech yetolmaydi,

Nega, oyi, ikkisi

Qo`l ushlashib yurmaydi?

 

-Quyosh kunduzga chiroq,

Oy esa tunga chiroq,

Asli ikkisi o`rtoq,

o`ynashar bekinmachoq.

Bibisora IBROHIMJONOVA, 5-sinf o`quvchisi.

 

QaldirG`och

 

Qaldirg`och, hoy, qaldirg`och,

Keltirding bizga quvonch,

Sen- bahor darakchisi,

Uchaver, yozib quloch.

 

Bahorni sog`inganday,

Seni intiq kutamiz,

Uy peshtoqi-oshyoning,

Tashrifingdan xursandmiz.

 

Gulhayo FOZILOVA, 3-sinf o`quvchisi.

 

Ustozimga

 

Oq-qorani tanitib,

Berasiz bizga ta'lim,

Barcha yaxshilik uchun

Rahmat sizga, muallim.

 

Kitobga mehr qo`ydik,

Ko`p bilimlar o`rgandik,

Qalbga ezgulik soldik,

Rahmat sizga, muallim.

 

Asadbek AHMADJONOV, 6-sinf o`quvchisi.

 

Ona tilim

Ona tilim, qadring buyuk,

So`zlaring jon qadar suyuk,

Zavq olaman mehrla  o`qib,

Bilimim oshar ma'nolar uqib.

Dilafro`z ASHURALIYEVA, 4-sinf o`quvchisi.

 

Buvijonim duosi

Yomonlikdan asraydi,

Yaxshilikka chorlaydi,

Ezgulikni yoqlaydi,

Buvijonim duosi.

 

Menga hamisha hamroh,

Har ishimda yo`lchiroq,

Yomonliklardan panoh,

Buvijonim duosi.

Muhammadaziz SOLIJONOV, 3-sinf o`quvchisi.

 

Quyosh

 

Quyosh kular osmonda,

Nur ulashib jahonga,

Tongdan yog`du taratib,

Jon berar har jonzotga.

 

Ona tilim

Ona tilim, jon tilim,

Sen bilan biyron tilim,

Har so`zing ko`p ma'noli,

O`qiyman qo`yib zehn.

 

 

Нayitmuhammad SOBIROV, 5-sinf o`quvchisi.

 

Shirin sO`z

Dillar bo`lsa, parishon,

Ko`ngilda bo`lsa g`ubor,

Xafalikni shu zamon,

Aritadi shirin so`z.

 

Salom so`zi jarangdor,

Tabassumlar ulashar,

Qalbga iliqlik berar,

Yoqimlidir shirin so`z.

 

Achchiq so`z bosh og`ritar,

g`azab jahlga eltar,

Barchasiga chek qo`yar,

Bor bo`lsin, har shirin so`z.

 

Muslima MUHAMMEDOVA, 9-sinf o`quvchisi.