+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 24 Апр 2024
    Ишчи гуруҳ фаолияти ва ҳамкорлик янада кучаяди
    Андижонда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 21 февралдаги “Ўзбекистон Республикасининг одамнинг иммунитет танқислиги вируси келтириб чиқарадиган касаллик (ОИВ инфекцияси) тарқалишига қарши курашиш бўйича ёшлар…
  • 18 Апр 2024
    Маданий-тарихий ёдгорликлар – ўлмас меросимиз
    Танлов Марҳамат туманида “Буюк тарихимизни ўзида мужассам этган ёдгорликлар - муқаддас меросимиз” мавзусида илмий-амалий анжуман бўлиб ўтди. 18 апрель - Ёдгорликларни ва тарихий жойларни асраш…
  • 30 Нояб 2023
    Банк коррупциядан холи соҳага айланадими?
    Тадбир “Ўзмиллийбанк” АЖ Андижон вилояти бошқармасида бўлиб ўтган “Очиқ эшиклар куни” тадбирида ана шу савол ва коррупцияга қарши курашиш билан боғлиқ қатор масалалар хусусида атрофлича…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

SHE`RIYAT GULSHANI

Yashayman asira bo’lib

Yashayman she’rlarimga asira bo’lib,

Gohi o’z o’timda o’zim kuyaman.

O’zim qurgan sirli dunyoda,

Gohi malikadek yashab ko’raman.

 

Ko’zimga yosh to’lmasin ekan,

Bir kun toshsa cho’kib ketaman.

Qo’llarimdan tutib olsang gar,

Mo’’jaz olamimga olib ketaman.

 

Bir yaproqman holdan toygan,

Shamol bo’lsa uchib ketgayman.  

Yolg’iz qolsam, bilgin, birinchi,

Faqat huzuringga chopgayman.

 

Ishq kel, may tut nozik qo’limga,

Umr bo’yi seni kuylab o’tayin.

So’nggi kitobimga faqat sen uchun,

Qonim bilan dastxat qo’yib ketayin.

 

Oydinoy O’KTAMJONOVA,

Jalaquduq tumanidagi 30-umumta’lim maktabi o’quvchisi.

 

 

TUMORSAN, TILIM

 

Yurt tuprog’in qo’msab chog’lansa ko’nglim,

Sog’inch iplariga bog’lansa ko’nglim,

Hijron yuki ezib dog’lansa ko’nglim,

Maslakdoshim o’zing,yo’ldoshsan, tilim.

 

Osmonlarga yetar uzatgan qo’lim,

Qayga borsam porloq,  ravondir yo’lim,

Har go’shasi jannat, har joyi so’lim,

Elga emikdoshsan, qo’ldoshsan, tilim.

 

Ajdodlar orzusi ko’klarga yetdi,

Hurlik nafasidan g’uborlar ketdi,

Nadomat, armonlar tugal tark etdi,

Sirdoshimsan o’zing, dildoshsan, tilim.

 

Istiqlol kuyini yozdirgan o’zing,

Islohot yo’lini chizdirgan o’zing,

Qalbimni quyoshday qizdirgan o’zing,

Uyim farishtasi, tumorsan, tilim.

 

Go’daklar tilida yangi dunyosan,

Momolar dilida buyuk duosan,

Vatanim ko’shkida mangu ziyosan,

O’zingsan sajdagoh, xumorsan, tilim!

 

Abdurashid ERGASHEV,

Asaka tumanidagi 26-umumta’lim maktabi o’qituvchisi.

 

ONA TILIM

Ona allasiday kirgan dilimga

Kuch ato etadi doim elimga,

Kamarbasta bo’lar og’riq belimga,

E?tirom aylayman ona tilimga.

 

Turaman aytgan har qat’iy so’zimda

Suraman tuprog’in o’pib ko’zimga,

Yugurar alvon rang oydin yuzimga

Ehtirom aylayman ona tilimga.

 

Musofir yurtlarda yetdim qadringga,

Zor bo’lib ko’z tikib sening me?ringga

Lol qoldim hamisha buyuk sehringga

Ehtirom aylayman ona tilimga.

Tosh otmoq bo’ldilar g’anim yo’lingga,

Bermadi hech imkon boqmoq so’lingga

Erishding sen tugib qo’ygan ko’nglingga,

Ehtirom aylayman ona tilimga.

 

Ellarda dostonsan, iftixor, surur

Avlodlar o’sadi bag’ringda masrur,

Qayga bormay boshim ko’targim mag’rur

Ehtirom aylayman ona tilimga.

 

Gulnoraxon MAHKAMOVA,

Izboskan tumanidagi

28- umumta’lim maktabi o’qituvchisi.

 

 

Qishlog'imning mehnatkash xalqi

Har kunida o'zgacha surur,

Oqshomlari taratadi nur,

Qadamida shundayin g'urur,

O'zgalardan shudir zo'r farqi,

Qishlog'imning mehnatkash xalqi.

 

Yurt korida bilmaydi tinim,

Hatto yotni deydilar “inim”,

Halollikka oshno der kunim,

Mehmonnavoz, mehribon, tanti,

Qishlog'imning mehnatkash xalqi.

 

Sо'zlarida muhabbat yashar,

Yer bilan tillashib dalaga shoshar,

G`ururini mahkam bag'riga bosar,

Har bir o'tar kuni o'zgacha zavqli,

Qishlog'imning mehnatkash xalqi.

 

Oydinoy MAMADALIYEVA,

Izboskan tumani.

 

Rayyona Ibrohimova Andijon shahridagi 4-umumta'lim maktabining 8-sinfida tahsil oladi. She'riyatga, adabiyotga ixlosi baland. 5-sinfdan boshlab kichik-kichik she'r, qatralar yoza boshlagan.

Rayyona bolaligidan kitobga mehr qo'ydi, ezgulikni, saodatni kitoblardan izladi. Ko'p vaqtini izlanish, mutolaa bilan o'tkazadigan tirishqoq o'quvchi o'tgan yili "Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovining Andijon shahar bosqichi g'olibligini qo'lga kiritgan.

 

O’ZBEKISTON

Qad rostlagan Registon, Samarqandingda,

Tarixning ruhini yod aylagayman.

Xivadagi Ichan qal'alaringda,

Xorijlik do'stlarni shod aylagayman.

O'ylab har daqiqa Andijonini,

Bobur armon etdi, hatto taxtda ham.

Behishtga alishmam yurt tuprog'ini,

Bu shunday o'lkaki, jannatdan bekam.

 

O'ZBEKISTON!

Senda tarovatu, orom mujassam,

Hurlik, tinchlik, safo, iqbol mujassam.

Bayrog'ing ko'klarda, dunyo tanigay.

Baxtu-saodat, istiqbol mujassam.

Cho'lpon orzu qilgan obod makonsan,

Shiroq bitib ketgan o'chmas dostonsan.

Kuylaydi satrida sening madhingni,

Rayyonaga ilhom - O'zbekistonsan.

 

ONA TILIM

Til millat ruhidir, millat ko'zgusi,

Har inson qalbida yashar abadiy.

Qay bir millat bo'lsin ona tilisi,

Muqaddasdir, aziz, porlar doimiy.

Xorij tillariga solaylik nazar,

Aslo kam emasdir ona tilimiz.

Har so'zda ma'no-yu, bordir hikmatlar,

Hech qachon o'lmaydi millat ruhimiz.

Tilning rivojiga qo'shganlar hissa,

Alisher Navoiy, Avloniylar ham.

Ajdodlar va tilga ehtirom ila,

Turadi Rayyona har dam ta'zimda.

 

Rayyona IBROHIMOVA,

Andijon shahridagi 4-umumta'lim maktabi 8-sinf o'quvchisi.