+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 30 Нояб 2023
    Банк коррупциядан холи соҳага айланадими?
    Тадбир “Ўзмиллийбанк” АЖ Андижон вилояти бошқармасида бўлиб ўтган “Очиқ эшиклар куни” тадбирида ана шу савол ва коррупцияга қарши курашиш билан боғлиқ қатор масалалар хусусида атрофлича…
  • 12 Июль 2023
    Тарғибот ишлари кучайтирилмоқда
    Ўзбекистоннинг янги конституциясида инсоннинг ҳуқуқи, шаъни ва қадр-қиммати олий қадрият сифатида белгилаб қўйилди. Ҳар кандай жамият бахтли келажакка интилгани каби Ўзбекистон ҳам ўзининг тарихий тажриба…
  • 14 Июль 2023
    Фаол аёллар беллашишди
    Танлов Марҳамат тумани Ўқчи маҳалласидаги 29- умумтаълим мактабида фаол қизлар иштирокида "Балли, қизлар!" кўрик-танлови ўтказилди. Тумандаги 2- секторга қарашли маҳаллалардан қатнашган етти нафар қиз пазандалик,…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

SHE`RIYAT GULSHANI

KO'RSATMAG`AY

 

 (Bobur g'azaliga muxammas)

Istaram gul iforin, nechuk sabo ko'rsatmag'ay?,

Chunki ul gul yuzini ochib raso ko'rsatmag'ay.

Ishqida shoh ersamu, o'ylab gado ko'rsatmag'ay,

Shomi hijronin menga ul bevafo ko'rsatmag'ay,

Hajr shomu asru muxliqdir, Xudo ko'rsatmag'ay.

 

Niyatim yor oldida topish erurdirkim qadr,

Shul niyatga qarab Ollohning o'zi bergay ajr.

Kelayapman ming azoblar bersa ham aylab sabr,

Va'da aylab vasl ko'rsatg'ay necha jonimga hajr,

Necha ko'nglimga jafo qilg'ay vafo ko'rsatmag'ay.

 

Taniy olmaslarki do'stlar, chun, za'farondur yuzim,

Toqatim yo'qligidin tildin chiqar arang so'zum.

Bosib osmonimni bulutlar ko'rinmas yulduzim,

Ul qaro ko'z hajrida tundek qarordi kunduzim,

Yo rab, andoq kunni ul ko'zi qaro ko'rsatmag'ay.

 

Mard agar o'lsa odam hech ahdidan kechmag'ay,

Bo'lki rasvo garchi sen yoniga borsang qochmag'ay.

Neni tutsang olaru hech tashlamag'ay, sochmag'ay,

Ochmag'ay ko'zini to so'kmakka og'zin ochmagay,

Yuzini ko'rsatmag'ay to yuz jafo ko'rsatmag'ay.

 

Do'st esa kim men ila anglag'ay payravlig'im,

Yaxshini oliy maqomga saylag'ay payravlig'im.

Kim elim suysa dilimga joylag'ay payravlig'im,

Ishq istar bo'lsa majnun aylag'ay payravlig'im,

Yo'lni ne bilg'ay kishi to rahnamo ko'rsatmag'ay.

 

Ol go'zallikka ramz ul tog'da yurgan ohudin,

Ber xabar bilsang anga sayyod qarorgohidin.

Bo'l o'zung ham Sheruz ogoh kim razolat chohidin,

Uchqudekdur jon qushi hijronda Bobur ohidin,

Kel pari ta'jil ila jonim havo ko'rsatmag'ay.       

SHERUZ (Esonjon Toshpo'latov)

 

Mangusan har vaqt

(Xalqimizning sevimli shoiri

Erkin Vohidovga bag'ishlov)

 

Dunyoga kelding-u, noming taratding,

Asarlar yozding-u, she'rlar yaratding.

O'zbegim nomiga qasida bitib,

Butun dunyo ahlin bizga qaratding.

Ash'orlaring erur ko'ngil davosi,

So'zlaring ham ajib bulbul navosi.

Goh keskir, gohida hajv tig'i birla,

Taratding qalblarga erkning mavosin.

 

Tosh qotgan ko'ngilni muzday eritib,

Insonparvarlikdan kuylading faqat.

Xalqim o'tmishidan dostonlar bitib,

El aro ulashding ziyo, ma'rifat.

 

Yoshlarga ahd bo'lding, o'zbegimga baxt,

Ey, xassos shoirim, mangusan har vaqt.

Sanjarbek ABDULHAYEV,

Muhammad YUSUF ijod maktabi o'quvchisi.

 

Bobur yodi hamisha hayot

Andijonim dunyolarga tanilgan,

Ostonasi tillo, jannatmakon yer.

Shunday so'lim yurtning sahiy bag'rida,

Tug'ildi bir buyuk, jasur, daho "sher".

 

Zehnli, qudratli, buyuk bir timsol,

Barchaning aqlini qilib qo'ydi lol.

O'n ikki yoshdanoq egallab taxtin.

Kurashdi ko'rmoq-chun avomning baxtin.

 

Zahiriddin Muhammad Temur naslidan,

Ayro yashab o'tdi yurtin vaslidan.

Obod etib yiroq hind diyorini,

Adolat atagan o'z shiorini.

 

Saltanat sultoni, adolatli shoh,

Nazmda Navoiydek tebratgan qalam.

Andijon sog'inchi, xayoli har chog',

Yuragini tirnab, tortdirgan alam.

 

Mirzo Bobur yodi hamisha hayot,

Dilimizda o'chmas mangu barhayot.

Muxlisa TURDIALIYEVA,

Buloqboshi tumanidagi

25-umumta'lim maktabi o'quvchisi.

 

VATAN SOG'INCHI

Qancha yurtlar kezdim yo'llari ravon,

Binolari go'zal, shahri guliston.

Ko'chalari obod bog'lari bo'ston,

Seningchalik emas, xur O'zbekiston.

 

Ko'rdim qancha savdo shoxobchalarin,

Qancha restoran-u disko  barlarin.

Baribir ko'ngillar taskin topmadi,

Andijonimchalik menga yoqmadi.

 

Baribir bu joylar menga begona,

O'zingsan, Vatanim o'zing yagona.

Mevalaring shirin, suvlaring zilol,

Xalqim mehnatsevar yashaydi xalol.

 

Vatanim, sog'indim ko'chalaringni,

Tandir non, somsa-yu kulchalaringni.

O'zingga teng kelmas hech qaysi bo'ston,

Sog'indim, men, seni, xur O'zbegiston.

 

Gulbahor MAMATQULOVA,

Andijon 1-son kasb-hunar

maktabi kutubxona rahbari.

 

Onam bo'lsaydi...

Yonimda chin do'stim - onam bo'lsaydi,

Hovlimiz to'ldirib, gulgun yursaydi.

Yuragim quvvati, ko'zimning nuri,

U bilan hayotim, bag'rim to'lsaydi.

 

Necha yil o'tsa ham, xayollarimda,

Onamning kelishin kutib yashayman.

Guldasta ilinib, ash'orlar bitib,

Dardimni ichimga yutib yashayman.

 

Abadiy yashaydi mushfiq, yagonam,

Jisman bo'lmasa-da, ruhan hamxonam.

Faqat yonimizdan ketdi yiroqqa,

Balki jannatlarga yetgandir onam.

 

Maryamxon MAMAJONOVA

 

Tanishuv

O'zimni yer deya ash'orlar bitdim,

Samolarga mengzab yashadim sizni.

Yulduzimsiz dedim, oyimsiz dedim,

Oftobga tengladim hissiz bir qizni.

 

Bugun yuragimga buyruqlar berdim,

Qalamim ko'ndirdim injiq so'zimga,

Osima mavzusin bir chetga surib,

Qisqa bir she'r yozdim bugun o'zimga.

 

Vatanim sevdim men,har kimdan ortiq,

Inonmay ustimdan kuldi yoronlar.

Ortimdan lab burib turganlar bo'ldi,

G'iybatlar yurtida sohibqironlar.

 

Ko'nglimni maskanlar qildi nogahon,

Rumiydek ishq ichra tili burrolar,

Ichimda yashaydi Shamsga qo'shilib,

Mansur Hallojlar-u, Yunus Emrolar.

 

Ruhim isyonkorlar toifasidan,

Doimo turadi qilichin qayrab,

Qachon bu zamona guliston bo'lar,

Bir zum yasharmanmi dilginam yayrab?

 

Va sevgi... yasharman ostonasida,

Kirmayman dadil bir qadamlar bosib,

Bu yerdan chiqmoqni qancha istadim,

Osima yo'l bermas yo'limni to'sib.

 

Tamomdir. Mana shu menman birodar,

Orangizda yashab yuribman sokin,

Kimningdir joniga tegib bo'lganman,

Kimlardir e'tibor bermaydi lekin.

 

Men juda g'ururi baland bir inson,

Mayda zarrasin ham yerga bermasman,

Bitgan ash'orlarim barisi yolg'on,

Men asli osmonman, zinhor yermasman!

Boburmirzo IMINJANOV,

ADU filologiya fakulteti talabasi.

 

Atirgulim

Zamin uzra nur sochgan quyosh,

Zavq keltirar chor tomonlarga.

Atirgulim, to'kmagin ko'z yosh,

Rahmim kelar shu yomonlarga.

 

"Nega?", de, savol ber: "nega unday?", de,

Bizda dil xiralik,ularda bazm,

Go'yo sen olamning ko'rki,chiroyi,

Sen go'zal bir qo'shiq, mumtozu nazm.

 

Gurkirab,bo'y cho'zgin azizim, erkam,

So'lmasin ildizing, yashnab-yayrasin.

Go'zallik baxsh etib, har nafas, har dam,

Misli ohangrabo kabi chorlasin.

 

Ruxshona MAHMUDJONOVA,

Asaka tumanidagi 52-umumta'lim maktabi o'quvchisi.

 

Hamid Olimjonni eslab...

Erta ko'klam, o'riklar gullaganda,

Chax-chax urib bulbullar sayraganda.

Varrak yasab, nabira yayraganda,

Hamid Olimjonni eslabsiz, opa.

 

Sadoqat ramziga qo'ydingiz haykal,

Bu ko'hna mavzuga berdingiz sayqal.

Va'daga vafo qilish qanchalar go'zal,

Hamid Olimjonni eslabsiz, opa.

 

Keng dunyo ahliga bo'lib ovoza,

Fikrlari tiniq, qalbi top-toza.

Barcha ayol sizdan olsin andoza,

Hamid Olimjonni eslabsiz, opa.

 

Ziyorat joyingiz bo'ldi-ku qabr,

Yillarkim yor bo'ldi qanoat, sabr.

Tilagim, ayollar chekmasin jabr,

Hamid Olimjonni eslabsiz, opa.

 

Sadoqat timsoli, bahor kuychisi,

Sizdan kelar nafis ko'klamning isi,

Yuraklarga solib vafo tuyg'usin,

Hamid Olimjonni eslabsiz, opa.

Nishonboy BOLTABOYEV,

Andijon shahridagi "Yog'du" adabiy maktabi a'zosi.

 

Vatan

Vatan, seni chindan sevaman,

Sen sevinchlar makonidursan.

Insonlarga nur ulashuvchi,

Qaro ko'zim qarog'idursan.

 

Bo'l hamisha hur, shodiyona,

Sen ko'zimning oqu-qorasi.

Ta'rifingga topolmayman so'z,

Axir, sensan qalbim porasi.

 

Shaharlaru qishloqlaringda,

Osmono'par binolar bisyor.

Har go'shangda qaynaydi hayot,

Chunki, sensan eng go'zal diyor.

Dilxumor OSTONAMIRZAYEVA,

Xo'jaobod tumani.

 

Farishtam onam

Ko'zlarida olam ma'nolar,

Qo'llarida mehnat qadog'i.

Sochlariga oralab oqlar,

Bolam, deya o'tadi chog'i.

 

Tabiiydir bari go'zallik,

Qarab turar nigohlar toza.

Avaylaydi meni shunchalik,

Farishtalar olar andoza.

 

Daryo ko'ngil, gul-gul yuz bilan,

Saharlardan ertaroq turib.

Yuzi kabi shirmoy non bilan,

Choy beradi jilmayib, kulib.

Tabassum MUSAYEVA,

Marhamat tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabi o'quvchisi.

 

Onalarni qadrlaylik

 

Onalarni qadrlaylik biz,

Ular axir jannat peshtoqi.

Ta'zim aylang har bir o'g'il-qiz,

Umrin yo'li sochining oqi.

 

Yuzidag har bir ajinlar,

Chekkan dardu noladan darak.

Xavotirla uyqusiz tunlar,

Farzandini kutadi beshak.

 

Onalarni qadrlang, ular,

Firdavs bog'in farishtalari.

Qadamidan hatto gul unar,

Farzandlari jon rishtalari.

 

Ota-ona qadrini albat,

Yo'qotgandan keyin bilasan.

So'nggi umid, najot, deb faqat,

Tushlaringda intiq kutarsan.

 

Aziz do'stim, ota-onangni,

E'zozlagin, kamsitishdan qayt!

Kechiriming, sevgi izhoring,

Qabrigamas, qulog'iga ayt!

Inobatxon MAMADXOJIYEVA,

Qo'rg'ontepa tumanidagi

 

3-umumta'lim maktabi o'quvchisi.