+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 26 Сен 2025
    МУКОФОТЛАР МУБОРАК!
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги фармонига асосан тақдирланганлар орасида вилоятимизнинг бир…
  • 12 Сен 2025
    ИСТИҚЛОЛ БАЙРАМИ БОЛАЖОНЛАРГА ҚУВОНЧ УЛАШДИ
    Аждодларимизнинг азалий орзуси бўлган, баркамол авлоднинг истиқболига айланган Мустақиллик кунини ҳар қанча байрам қилсак арзийди. Халқимизнинг энг улуғ, энг азиз байрами - истиқлол айёми жорий…
  • 12 Сен 2025
    АРХЕОЛОГИК ВА МУЗЕЙ ТУРИЗМИ ЯНАДА РИВОЖЛАНАДИ
    Форум Андижон вилояти Марҳамат туманида «Кўҳна Довон сирлари» II археология туризм форуми бўлиб ўтди. Президентимиз топшириғи асосида Марҳамат тумани ҳокимлиги, “Мингтепа-маданий мерос» жамоат фонди, Яҳё…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

SHE`RIYAT GULSHANI

Hislar

Ko'ksimdagi mitti yurakcham,

Baxt deb urib turar har nafas.

Orzularim oppoq kabutar,

Parvozidan hech ham to'xtamas.

 

Bolaligim beg'ubor qalbim,

Umid ila uchgan qaldirg'och.

Uning ilk parvozi mo'jiza,

Qalblardagi shijoat, ishonch.

 

Bolaligim tark etsa agar,

Ishonch birla yashayman faqat.

Qaytib kelar bahor darbadar,

Qaytib kelar qaldirg'och albat.

Mubina ORTIQBOYEVA,

ADU akademik litseyi o'quvchisi.

 

Do'ppi kiygan qizlarda bahor 

Olam go'zal, osmon musaffo,

Yosh yalangni qirga yetaklar.

Bahor keldi, quvnaydi barcha,

Hatto quvnar o'tlar, chechaklar.

 

Quyosh nurin sochib olamga,

Chiroy olar hatto kelinchak.

Hid taratar yalpizlar kabi,

O'zbegimda buyuk kelajak.

 

Omon-omon zamonlar keldi,

Qish ortidan bahorlar keldi.

Tandirlarda ko'k somsa yopib,

Ammam bilan xolamlar keldi.

 

Sharqiragan soylarda bahor,

Do'ppi kiygan qizlarda bahor.

Qir-adirlar yashil libosda,

Chug'ur-chug'ur qushlarda bahor.

Robiya JO'RAYEVA,

Andijon shahridagi 35-DIM o'quvchisi.

 

Bahor keldi

Yana bahor keldi, yana olamda,

Ajib bir go'zallik, ajib bir chiroy.

Rang-barangdir qirlar, chiqadi lola,

Har kun raqs aylaydi go'zal shalola.

 

Quyoshning nurlari yana sochilar,

Daraxtlar gullab qiyg'os ochilar.

Mayin shabboda har tomon yelar,

Bu go'zallikdan yashnaydi dillar.

 

Yurtimizga yana qaldirg'ochlar qaytishdi,

Qushlar parvoz aylashib, bahorligin aytishdi.

Atrof burkanmoqda zarrin nurlarga,

Zilol suvlar o'xshaydi yoqut durlarga.

 

Yulduzxon RAVSHANBEKOVA

 

Tabiat

Ochiq derazadan boqib falakka,

Moviy osmon uzra uchgim keladi.

Samoda sayr etib yurgan qushlarni

Erkalab bo'ynidan quchgim keladi.

 

Yuragim orziqib, havasla boqib,

Sayroqi qushlarga oq yo'l tilayman.

Ularning sho'x,shodon sayrashi yoqib,

Tanam quloq bo'lib, sokin tinglayman.

 

Tabiat sehrli, maftunkor, go'zal,

Olamni rango-rang bo'yoqlar bezar.

Atrofga zavqlanib solaman nazar,

Rassomsiz chizilgan eng nodir asar.

Nasibaxon IBROHIMOVA

Ilhom

parisi

Mayin shamol shukuhi,

Dala-dashtda esardi.

Mitti-mitti g'unchalar,

Chor atrofni bezardi.

 

Shu shabboda bag'riga,

Borib o'zimni otdim.

O'ylanib yotib birdan,

Chuqur xayolga botdim.

 

Qalamimni quchoqlab,

Oq varoqqa she'r bitdim.

So'ng shabboda qo'lidan,

Tutib qishloqqa ketdim.

 

Nodiraxon YIGITALIYEVA,

Paxtaobod tumanidagi

20-umumta'lim maktabi o'quvchisi.

 

Munojot

Tushlarimni olib qochadi sahar,

Ortidan yugurdim: "Berasanmi? Ber!"

Uyg'onib  to'satdan yiqilsam agar,

Tashlab ketmaysanmi, Yo Hazrati she'r!

 

Xira tortgan ko'zim boqadi uzoq,

Xira qilib qo'yma faqat ko'nglimni.

Qo'rqmaslik gunohdir, qo'rqish ham gunoh,

Lek sendayin shirin bildim o'limni.

 

Xudoning bandasi, Xudoning quli

Poyingda jim yotar Yo Hazrati she'r.

Chap ko'ksingda turar qizargan qo'li,

Dard berging kelyaptimi? Berasanmi?Ber!

Yo Hazrati she'r....

Yo Hazrati she'r...

Yo Hazrati she'r...

Iroda ORIFJONOVA

 

Kun kuladi kaftida

Onajonim olamda,

Mushfiqqina, yagona.

Onamdayin ulug' zotni,

Uchratmadim dunyoda.

 

Onajonim baxtimsiz,

Mening toju taxtimsiz.

Mudom meni ruhlantirgan,

Qat'iyatli shaxdimsiz.

 

Kasal bo'lsam tunlari,

Qaragan ham o'zingiz.

Xafa bo'lsam kunlari

Ovutgan har so'zingiz.

 

Onam mening - baxt quyoshim,

Kun kuladi kaftida.

G'am-anduhlar erib ketar,

Chin mehrining taftidan.

Karomat SULTONOVA,

Andijon shahridagi 35-DIM o'quvchisi.

 

Baxtli bo'lgin

o'zga yor bilan

Tunu kun men seni o'yladim,

Yo'llaringga zor-zor bo'yladim.

Iztirobda yonib so'yladim:

"Baxtli bo'lgin o'zga yor bilan".

 

Seni deb urardi yuragim,

Diydoringga yetmoq tilagim.

Sen eding hamisha  keragim,

Baxtli bo'lgin o'zga yor bilan.

 

Men seni bezovta qilmasman ortiq,

Tuyg'ularing o'zingga etaman tortiq.

Endi axmoqlarcha kutmasman intiq,

Baxtli bo'lgin o'zga yor bilan.

 

Ko'ngildan bebaho tuyg'u quvilar,

Sensizlik boshlanar, yurak huvillar,

Ayriliq daydi it kabi uvillar,

Baxtli bo'lgin o'zga yor bilan.

 

Ayriliq azobi bunchayam og'ir,

Alvido, deymanu yuragim og'rir.

Madinaga sensiz bu dunyo taxir,

Baxtli bo'lgin o'zga yor bilan.

Madina SHODMONOVA,

 

Andijon tumani, Xrabek qishlog'i.