+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 26 Сен 2025
    МУКОФОТЛАР МУБОРАК!
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги фармонига асосан тақдирланганлар орасида вилоятимизнинг бир…
  • 12 Сен 2025
    ИСТИҚЛОЛ БАЙРАМИ БОЛАЖОНЛАРГА ҚУВОНЧ УЛАШДИ
    Аждодларимизнинг азалий орзуси бўлган, баркамол авлоднинг истиқболига айланган Мустақиллик кунини ҳар қанча байрам қилсак арзийди. Халқимизнинг энг улуғ, энг азиз байрами - истиқлол айёми жорий…
  • 12 Сен 2025
    АРХЕОЛОГИК ВА МУЗЕЙ ТУРИЗМИ ЯНАДА РИВОЖЛАНАДИ
    Форум Андижон вилояти Марҳамат туманида «Кўҳна Довон сирлари» II археология туризм форуми бўлиб ўтди. Президентимиз топшириғи асосида Марҳамат тумани ҳокимлиги, “Мингтепа-маданий мерос» жамоат фонди, Яҳё…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

ШЕЪРИЯТ ГУЛШАНИ

Onajon

Hayotimda yagonam, tog’imdirsiz onajon,

Gul-rayhonlar o’stirgan, bog’imdirsiz onajon.

Xursand bo’lsam, erkalab, suyardingiz onajon.

G`amlar cheksam, men uchun kuyardingiz onajon.

 

Shuncha yilda sochingiz oqartirdim onajon,

Guldekkina yuzingiz sarg’aytirdim onajon.

Juda ko’plab she’rlarni bitibman-a, onajon,

Lekin siz haqingizda yozmabman-a, onajon.

 

Siz uchun chin farzandlik qilolmadim, onajon.

Sizga sog’lik, uzoq umr tilolmadim onajon.

Kemtikkina yuragim tilinyapti, onajon,

Mana endi qadringiz bilinyapti, onajon!

 

Maftuna JALOLDINOVA,

ADU talabasi.

 

Xotira

Begim ishonmasdi, yer-ko’kka meni,

Qizg’onardi hatto soyasidan ham.

Hamon qulog’imda bir gapi uni,

Tomirda qonimsan, unutma har dam.

 

Sira unutmadim, unutgan kunim,

Balki o’zimnida yo’qotib qo’ydim.

Xayolingiz bilan she’rimda unum,

Yo’qligingiz bois, bag’rimni yegum.

 

Begona baxt qiziqtirmas netayin,

O’zgalarni ko’rmas ko’zim, bu ne oh.

Boshim olib qay maskanga ketayin,

Xaridor yig’ilib kelganda nogoh.

 

Go’zal yoshlik damlar ortda ham qoldi,

Sizga sodiq qoldim, yashadim yolg’iz.

Sochim qoralarin qirovlar oldi,

Sevgingiz qalbimga solib ketdi iz.

Donoxon IBRAGIMOVA,

Andijon shahridagi «Yog’du» aruz

maktabi a’zosi.

 

 

Ket

Ketar chog’ing bildirma,

Uzoq manzillarga yet.

Xayr dema, dema so’z,

Zimdan qarab olib ket.

 

Sira rahming kelmasin,

Vijdon azob bermasin.

Kamina ham bilmasin,

Qalbga qayg’u solib ket.

 

Afsus qilsang biror kun,

Diling bo’lsa vayron, xun.

Endi yo’q de, u gulgun,

Bir o’zingdan nolib ket.

 

Sindirgan ishonchingning,

So’ndirgan quvonchingning.

Eng rostgo’y yolg’onchingning,

Uvoliga qolib ket.

 

Kirma ishqim sayliga,

O’xshatmagin Layliga.

Yuragim ber mayliga,

Ko’zyoshlarim olib ket.

 

Mohinur MAMATOVA,

Buloqboshi tumani.

Onajonim  kulsalar

Uyimiz farishtasi,

Saranjom - sarishtasi.

Yana juda mehribon,

Kulib yursinlar har on.

 

Uxlamaydi tunlari,

Charchamaydi kunlari.

Mehnatdan qo’li qadoq,

Ammo doim ko’ngli chog’.

 

Doim qilarlar duo,

Yaratganga iltijo.

Cheksa hamki dard alam,

Bizga kuladi onam.

 

Dunyo charog’on bo’lar,

Onajonim kulsalar.

Atrof yorishib ketar,

Onam bag’rida bo’lsam.

 

Nilufar MAVLONOVA,

Andijon shahridagi 5-umumta’lim maktabi o’quvchisi.

 

 

Hayotning ma’nosi asli kitobdir...

Pok qalblar tubida yangragan ash’or,

Bu har bir insonga odil xitobdir.

Kitob o’qiganlar ko’rmagay zavol,

Hayotning ma’nosi asli kitobdir.

 

Kitob - Navoiyning har aytgan so’zi,

Ming yillar o’tsa-da yangragan hamon.

Kitob - ma’rifatning, aqlning ko’zi,

Oxori to’kilmas, o’tsa-da zamon.

 

Nastarin gullarning nafis g’unchasin,

Dunyoga ko’rk qilib ochguvchi kitob.

Insonlar qalbining har bir qatiga,

Yaxshilik urug’in sochguvchi kitob!

 

Akmaljon ABDURAHMONOV,

Andijon tumani.

 

IFTIXOR

Quyoshning taftidan o’zgacha,

Qalbimga iliq nur sochildi.

Vatanim - mehringdan, mehrimdan,

Bahorning gullari ochildi.

 

Tinchlik - deb jon fido aylagan,

Buyuklar makoni o’zingsan.

Hurlikning sharobin totmagan,

Boburning qalbdagi so’zisan.

 

Tomirda oqqan bu - aziz qon,

To’maris, Shiroqning timsoli.

Ko’klarga bo’y cho’zgan o’g’il-qiz,

Mangudir Temurning misoli.

 

Bu yurak dunyoga sig’masdan,

Vujudda xapqirib uradi.

Akamga kulcha non tishlatgan,

Onam ham duoda turadi.

 

O’ziga bek bo’lgan xalqimning,

Qalbiga  joylashgan bu makon.

O’zbekning Vatanga sevgisin,

Ko’rganda lol qolar bu jahon!

 

Bokira MO’YDINOVA

 

O’xshayman sizga, ona!

 

Quyosh nurin taftini,

Onam yuzida ko’rdim.

Sezdim qadoq kaftini,

Bosgan izida yurdim.

 

Qaynoq mehr bulog’i,

Oqadi ko’z yoshida.

Oilasin ardoqlar,

Sadoqat, bardoshida.

 

Amir Temur qudratin,

Ko’rdim onam mehrida.

Ko’rdim dunyo hikmatin,

Har allasi sehrida.

 

Bormi shunday ulug’ zot,

Ularsiz yo’qdir hayot.

So’z beraman mardona,

O’xshayman sizga, ona!

 

Nodiraxon YIGITALIYEVA,

Paxtaobod tumanidagi

20-umumta’lim

maktabi o’quvchisi.

 

Orzu emas,  maqsad bilan yashash  kerak!

 

Halol bo’lib mehnat bilan yashash kerak,

Doim kulib, ildam qadam tashlash kerak.

Orzularing dunyo-dunyo bo’lsa hamki,

Orzu emas, maqsad bilan yashash kerak!

 

Katta umid uchqunini dilga solib,

Har sohada ildam bo’lib, olg’a yurib,

G`alabaga dadil qadam tashlash kerak,

Orzu emas, maqsad bilan yashash kerak.

 

Ota-ona, ustozlarning sabog’ini,

Dilga joylab, sharaf aylab har yog’ini.

Ko’targancha yurtning aziz bayrog’ini,

Orzu emas, maqsad bilan yashash kerak!

 

Zulayho ZAFARJONOVA,

Andijon Olimpiya zaxiralari

 ixtisoslashtirilgan sport

maktabi o’quvchisi.

Bu dunyoda do’stim qolmadi

Yosh zarbidan qizardi ko’zim,

Alam bilan tuzildi so’zim.

Olloh menga berginey to’zim,

Bu dunyoda do’stim qolmadi.

 

Shoirlikni qilmadim da’vo,

Shu holimga faqat she’r davo.

Yashashimdan qolmadi ma’no,

Bu dunyoda do’stim qolmadi.

 

Chehralarda yuzlab niqoblar,

Yuragida ming bir nifoqlar.

Yoritmaydi dilni chiroqlar,

Bu dunyoda do’stim qolmadi.

 

Qay kimsaga qalbimni ochay,

Qay biridan o’zni obqochay.

Dardlarimni qog’ozga sochay,

Bu dunyoda do’stim qolmadi.

 

Olloh meni qo’llagin o’zing,

Mening uchun ong bo’lsin ko’zing.

Tomog’imga tiqildi so’zim,

Bu dunyoda do’stim qolmadi.

 

Ma’mura MEHMONOVA

 

  Oilam butun bo’lsaydi

Sochlarimni mayda o’rib qo’yguvchi,

Dard cheksam, men bilan birdek kuyguvchi.

Har neni yaxshilik tomon yo’yguvchi,

Mehribon, dardkash bir opam bo’lsaydi...

 

Begona ko’zlardan asrab yurguvchi,

Doimo yonimda qalqon turguvchi.

O’zi yig’lasa-da, men uchun kulguvchi,

Rahmdil, dilkash bir akam bo’lsaydi...

 

Saharlab quyoshdan oldin turguvchi,

Ko’chadan loy o’ynab, quvnab kirguvchi.

Qand bermay bir o’psam, yuzin burguvchi,

Erka, tinchimas bir ukam bo’lsaydi...

 

Kulchadan oqizoq qilib yeguvchi,

«Opajon, men bilan o’ynang»deguvchi.

Eng suygan qo’g’irchoqlarin berguvchi,

Sho’x-shaddot, go’zal bir singlim bo’lsaydi...

 

Hammamiz jam bo’lib, dasturxon atrof,

To’rida ulkan bir ustun bo’lsaydi.

Otam men-la bo’lsa, qalb uchun sharaf,

Orzuim: oilam butun bo’lsaydi...

 

Sadoqat AVAZBEKOVA,

Qo’rg’ontepa tumani.

 

 

Mangu dard

 

Bir kun sharros quydi yomg’ir,

Oy ko’rinmas osmonlarda.

Yulduzlarda qochdi qayga,

Yurak qoldi gumonlarda.

Bulutlardan zada ko’nglim,

Yorim jamolin to’sdilar.

O’sha tunda ko’z yoshlarim,

Qalbim choklarin so’kdilar.

Kunduz quyosh kulmadi hech,

Qaldirg’ochlar uchmadilar.

Hatto chumchuq ko’rinmasdi,

Samolarni quchmadilar.

Kulgu bo’ldi xazonlarga,

Muhabbatim chechaklari.

Suvi qurib qovjiradi,

Buloq bo’yi etaklari.

Men muzlarga qo’yib ko’ksim,

Yongan yurak sovutarman.

Yor mehrin qo’msagan qalbni,

Yolg’on bilan ovutarman.

Feruza XOJIMATOVA

 

TOPDIM

 

Tun. Samolarda yulduzlar bisyor,

Shabboda gullarni o’pib ketadi.

Oymomojon bilan yuribman bedor,

Xayollarim bulbullarga borib yetadi.

 

Uzun ko’chalarda izg’iydi ruhim,

Sukut bilan do’st tutindi bu yurak.

O’yladimu o’ylarimga javob izladim,

Topdim: yostiqni quchoqlab uxlashim kerak.

 

Mavludaxon SAFAROVA,

Andijon tumanidagi 1-umumta’lim maktabi  o’quvchisi.

 

Shamol bo’lib xilpiratay bayroFing...

 

Dunyo kezsam agarda,

Yo’qdir sendayin go’sha.

Mehrim sig’mas qalbimga,

Adirlaringga to’sha.

 

Bedor tunlarimni ham,

Baxsh etay faqat senga.

Axir zehnimdagi dur,

Sovg’angdir sening menga.

 

Gar bo’lsam shamol bo’lib,

Xilpiratay bayrog’ing.

Yoki men buloq bo’lib,

Yashnatay bog’u rog’ing.

 

Boshimdagi do’ppingdir,

O’zbekligimga nishon.

Bor kuchimni sen uchun,

Sarflayman, O’zbekiston.

 

Oyshabonu ABDUHALILOVA,

Andijon shahridagi 13-umumta’lim

maktabi o’quvchisi.

 

Sinmagay haqiqat yo’lida qalam

              (jurnalistlarga)

 

Adolat siyohi, tig’day qalami,

Yurakka ko’milgan dardu alami.

Xalq bilan hamnafas yonib kuyarlar,

Tahlika bo’lsada kasbin suyarlar.

 

Yurtimga kerakdir sizday sher yurak,

Nokaslar zarbidan bukilmas bilak.

Halol kasb ortidan topib noningiz,

E’zozlab yasharsiz din-iymoningiz.

 

Goh ko’ngil yig’lasa yashirdi ko’zlar,

Xalq dardin aytmoqqa shoshildi so’zlar.

Dovulu, bo’rondan chiqdingiz omon,

Qismatning o’qlarin tortganda kamon.

 

Bir chetga surdingiz o’z oromingiz,

Hech kimga aytmaysiz g’amu zoringiz.

Sizda yo yo’qmidi ro’zg’or kemtigi,

Shundaymi taqdirning sizga bitigi.

 

Ulanar tunlar ham ijodla tongga,

Tuyg’ular asirmas shuhratu shonga.

Munofiq yuzidan yirtib pardasin,

Egnidan yecharsiz soxta libosin.

 

Siz xalqning osh emas sherik dardiga,

Hech loqayd emassiz hatto gardiga.

Sinmagay haqiqat yo’lida qalam,

Odamlar dardiga bo’lingiz malham.

 

 

Yoqutxon OBIDOVA