Версия для печати
20 Фев 2025

Qarovsiz qoldirgan tomorqa egalari uch karra yuqori soliq to‘laydi

Автор
Маколани бахоланг
(0 Овоз)

Davlatimiz rahbarining “Tomorqa yer egalari va dehqon xo’jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risidagi” Farmoni e’lon qilindi. (https://www.lex.uz/ru/pdfs/7388132)

 

Endilikda aholi tomorqasi va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan har chorakda o‘rganish olib boriladi.

O‘rganish davomida xonadondagi tomorqa va ijara yerlarida ekin ekilmagan va qarovsiz qoldirilgan bo‘lsa quyidagi choralar qo‘llaniladi.

 

Imtiyozli kreditlar ajratilmaydi.

Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan fuqarolar uchun yordamlar (moddiy yordam yoki bola puli kabi) to‘xtatiladi.

Yer solig‘i uch karra yuqori miqdorda hisoblanadi.

Прочитано 1110 раз
Super User

Последнее от Super User