+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 28 Дек 2023
    Талабалар ташаббуслари қўллаб-қувватланади
    ёшлар ҳаёти Андижон давлат чет тиллар институтида "Раҳбар ва ёшлар" учрашуви бўлиб ўтди. Учрашувда институтнинг биринчи проректори Ботиржон Аҳмедов талабалар билан мулоқот ўтказди. Дастлаб у…
  • 28 Дек 2023
    Ватан ҳимояси - муқаддас бурч
    Мамлакатимизда ўтказилаётган "Ватанпарварлик" ойлиги доирасида Булоқбоши туманидаги 55- ихтисослашган давлат умумтаълим мактабида "Ватан ҳимояси - муқаддас бурч" мавзусида маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди. Ўқувчи ёшларнинг юртга…
  • 28 Дек 2023
    ҚИЗЛАР ТАРБИЯСИДА КИТОБНИНГ ЎРНИ
    "Китоб - беминнат устоз" деб ёзганди буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий. Дарҳақиқат, билим ва маънавий юксалишга эришишнинг энг асосий манбаи китобдир. Шунингдек, китоб тарбия…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

She'riyat gulshani

O`rikho`rlik

Jahli chiqib shamolni birdan,

Quvib keldi yaproqchalarni.

Do`q- po`pisa etib o`rikka

Meva qildi yo`lakchalarni.

 

Ona daraxt boshlarin egib,

Yig`lagudek tikildi yo`lga.

Sizni shoxda pishiraman deb

Bermagandim bahorda do`lga.

 

Bizga lekin bayram bo`ldi zo`r.

O`rik sayli boshlandi birdan.

Quvvat berdik yurakka shu kun,

O`rikxo`rlik qildik chin dildan.

 

Rahmat aytib keksa o`rikka,

Tozaladim yo`lakchalarni.

Qishda chaqib yeyman-da,deya,

Yig`ib qo`ydim danakchalarni.

Ziyoda QAHRAMONOVA,

Paxtaobod tumanidagi 1- umumta'lim maktabining 7- sinf o`quvchisi.

 

Vatanim madhi

Yurtim sening bog`laring ichra,

Shamolingdek yelib sevaman.

Kunduz quyosh,tuningda esa

Hilolingdek to`lib sevaman.

 

Maysalaring onam kiprigi,

Bo`ylaringga qonib sevaman.

Haroratni o`zingdan olib,

Olov kabi yonib sevaman.

 

Bola ko`nglim orzularga lim,

Ming ohangga solib sevaman.

Tunda rasming yurakka o`yib

Tongdan ilhom olib sevaman.

 

Sevamanki muhabbatim mo`l,

Ey sevgimga mangu,makonim.

Qidirganlar ko`ksimdan topsin,

Muqaddasim, O`zbekistonim!

Mubina SHARIPOVA,

Qo`rg`ontepa tumanidagi 6- umumta'lim maktabining 7- sinf o`quvchisi.

 

Bolalik

Bolaligim qo`lchalarin siltab menga,

Sho`xliklarim asta ortda qolib borar.

Orzularim qanot qoqib o`zi bilan,

Meni ulkan baxtlar sari olib borar.

 

Men tinglagan ertakdagi oymomojon,

Kelajakning yo`llarini yoritmoqda.

Onajonim kaftidagi uzun duo,

Ko`nglimdagi bor qo`rquvni aritmoqda.

 

Do`stlarimni o`zgartirdim ,ular endi,

Qo`g`irchoqmas shkaf to`la kitob bo`ldi.

Kelajagim yo`llarini yoritguvchi,

Tunda oy-u, kunduzlari oftob bo`ldi.

 

Endi mening yumushlarim juda ulkan,

El baxtiga himoyachi qiz bo`laman.

Nodirai  davron kabi she'rlar bitib,

Ustozimdek  muallima qiz bo`laman.

Lolaxon KAMOLDINOVA,

Baliqchi tumanidagi 35- umumta'lim maktabining 7- sinf o`quvchisi.