+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 28 Дек 2023
    Талабалар ташаббуслари қўллаб-қувватланади
    ёшлар ҳаёти Андижон давлат чет тиллар институтида "Раҳбар ва ёшлар" учрашуви бўлиб ўтди. Учрашувда институтнинг биринчи проректори Ботиржон Аҳмедов талабалар билан мулоқот ўтказди. Дастлаб у…
  • 28 Дек 2023
    Ватан ҳимояси - муқаддас бурч
    Мамлакатимизда ўтказилаётган "Ватанпарварлик" ойлиги доирасида Булоқбоши туманидаги 55- ихтисослашган давлат умумтаълим мактабида "Ватан ҳимояси - муқаддас бурч" мавзусида маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди. Ўқувчи ёшларнинг юртга…
  • 28 Дек 2023
    ҚИЗЛАР ТАРБИЯСИДА КИТОБНИНГ ЎРНИ
    "Китоб - беминнат устоз" деб ёзганди буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий. Дарҳақиқат, билим ва маънавий юксалишга эришишнинг энг асосий манбаи китобдир. Шунингдек, китоб тарбия…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

She`riyat gulshani

“Nihol” o‘quvchilarni ijod bo‘stoniga chorlamoqda

Andijon shahridagi 8-umumtalim maktabida faoliyat korsatayotganYosh kitobxonvaNiholtogaraklari mashgulotlari iqtidorli oquvchilarnining ijodiy bilim va salohiyatiini yuksaltirishga, ular ortasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, adabiyotga muhabbat uygotishga yaqindan yordam bermoqda. Oquvchilarni ijod bostoniga chorlamoqda. Shu bois, maktabda ijodkor yoshlar safi tobora kengayib bormoqda. Quyida e’tiboringizga adabiy to‘garak a’zolaridan bir guruhining she’rlaridan namunalar havola etamiz.

Vosit AНmad,

Andijon shashridagi 8-umumta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo`yicha targibotchisi

 

MO‘JIZALI KITOB

Orzu-umid, ishonch va iymon,

Faqat undan topadi inson,

Taratadi saxovat nurin,

Yoritadi inson shuurin.

 

Meni nurga yetkazgan nima?

Jaholatdan qutqargan nima?

Sevib o‘qir kishi bobma-bob,

Shudir ilm kemasi-kitob.

 

Inson uchun kerakmi boylik,

Olmos, gavharu toshlar,

Shunday qilib o‘tadi yoshlik,

O‘shanda ishlaydi boshlar.

 

Chindan topasan boylikni shunda,

Agar kitob o‘qisang kun-u tunda,

Lek yurmagin vaqtni ketkazib,

Kitob boylikdir, bilsang unda.

 

Sevara BOQIYEVA,

11-sinf o‘quvchisi.

 

ESKI MASKA

Unda bahor edi,

Bitta maskam bor edi,

Bugun u menga qarab,

Yangisin ol,dedi.

 

ONAMNI QIDIRIB

She’r yozdim o‘tirib,

Oq qog‘ozni to‘ldirib,

She’rim ketdi yugurib,

Onajonimni qidirib.

Mushtariybegim HALIMOVA,

6- sinf o‘quvchisi.

 

QIZG‘ANCHIQ

- Koptogingni berib tur,

Ukam bilan o‘ynayman,

-Ho, o‘zim-chi, o‘zim ham,

O‘ynayman, deydi Aziz.

 

-Qizg‘anchiq ekansan-ku,

O‘rtog‘iga der G‘ani.

-Uka, uydan olib chiq,

O‘zimizning koptokni.

 

Kumushoy NURDINOVA,

5- sinf o‘quvchisi.

 

ONAMGA

Quvonchlari armon bo‘lmasin,

Lobar yuzi aslo so‘lmasin,

Tashvishlarga to‘lib qolmasin,

Sen onamni yig‘latma, hayot.

 

Sochlariga oqlar tushmasin,

Ko‘zlariga yoshlar to‘lmasin,

Hayotidan ma’no ketmasin,

Sen onamni yig‘latma, hayot.

 

Qancha dard bo‘lsa menga bo‘lsin,

Qancha azob bo‘lsa menga bo‘lsin,

Oy yuzi doim gulgun bo‘lsin,

Sen onamni yig‘latma , hayot.

Mohichehra HABIBULLAYEVA,

5- sinf o‘quvchisi.