+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 28 Дек 2023
    Талабалар ташаббуслари қўллаб-қувватланади
    ёшлар ҳаёти Андижон давлат чет тиллар институтида "Раҳбар ва ёшлар" учрашуви бўлиб ўтди. Учрашувда институтнинг биринчи проректори Ботиржон Аҳмедов талабалар билан мулоқот ўтказди. Дастлаб у…
  • 28 Дек 2023
    Ватан ҳимояси - муқаддас бурч
    Мамлакатимизда ўтказилаётган "Ватанпарварлик" ойлиги доирасида Булоқбоши туманидаги 55- ихтисослашган давлат умумтаълим мактабида "Ватан ҳимояси - муқаддас бурч" мавзусида маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди. Ўқувчи ёшларнинг юртга…
  • 28 Дек 2023
    ҚИЗЛАР ТАРБИЯСИДА КИТОБНИНГ ЎРНИ
    "Китоб - беминнат устоз" деб ёзганди буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий. Дарҳақиқат, билим ва маънавий юксалишга эришишнинг энг асосий манбаи китобдир. Шунингдек, китоб тарбия…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

SHE'RIYAT GULG'UNCHALARI

Buloqboshi tumanimizning 46-Ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida "Iste'dod" nomli to'garak tashkil etilgan. Mazkur to'garagimizda 25 nafar o'quvchi yoshlar adabiyot sirlaridan ta'lim olishadi. Iste'dodli o'g'il-qizlarning ijodiy ishlarida vatan madhi, ona tasviri, tabiat mo'jizalari o'z aksini topgan. Yosh qalamkashlar she'riyatning asl mohiyatini anglash istagida badiiy kitoblar mutolaasi va barmoq vazni saboqlari bilan muntazam shug'ullanib kelishmoqda. Ular adabiyot kelajagining gulg'unchalaridir. Ulardan Oyshaxon Ablakimova, Jannatoy Kozimjonova  va Ruxshona Avazbekovalar bizning yosh, faol  shoiralarmizdir. Shogirdlarimning intiluvchanligi, ma'naviyatliligi va jo'shqin shijoatga to'la g'ayratini ko'rib, ulardan faxrlanaman.

Oybarchin QO'SHOQOVA,

Buloqboshi tumanidagi

 46- IDUMning   ijodiy-madaniy masalalar bo`yicha targ`ibotchisi.

 

Ota-onam

 

Mening onajonimning

Qo`llari juda shirin.

Otajonimning esa

Mehnatdan chiqmas qo`li.

Onajonim biz uchun

Borini qilgay fido.

Otajonim har onin

 

Oydinoy HАBIBULLАEVА,

5- sinf o`quvchisi.

 

 

Kitob

 

Kitob -bilim bulog`i

Yaxshilarning o`rtog`i.

Kitob- nurli istiqbol

Kelajakka yo`l iqbol.

Kitob mening yo`ldoshim

Boshimdagi quyoshim.

 

Jannatoy KOZIMJONOVА,

5- sinf o`quvchisi.

 

Bahor

Fasllar kelinchagi

Bahoroy kirib keldi.

Qanot yozib ortidan

Qaldirg`och uchib keldi.

 

Hamma shod - hurram

Uchirar varrak.

Tarnovdan yerir

Barcha sumalak.

 

Ota-onam

Shukr senga Ollohim

Bordir mening panohim.

Boshimda turar tojim

Davlati Otajonim.

 

Аrdoqlay ulug` zotni

Tanitdirgan hayotni.

Jannatningdir kaliti

Rayhonim Onajonim.

 

Tan-u jonin sog` qilgin

Baxtimga omon qilgin.

Inshoolloh jannatda

Doimo birga qilgin.

Oysha АBLАKIMOVА,

5- sinf o`quvchisi.

 

Sensizlik yurtiga ketyapman

 

Ismingdan yayragan tilimni

Ishqingdan yashnagan dilimni

Qaniydi, o'tolsam bahridan

 Ketolsam muhabbat shahridan.

 

Yuragim sensiz-da ursaydi

Yodingdan uzooqda yursaydim.

Ko'zlarim ko'zlaring taniydi,

Qaniydi, unutsam qaniydi...

 

Diydoring vasfidan kechsaydim,

Dildagi tugunni yechsaydim.

Qaniydi, aldolsam o'zimni

Haydolsam ko'zimdan yuzingni...

 

Bas. Yetar. Yasholmam bu alfoz

Ketaman, manimsiz qolgin soz.

Ming yillik qiynoqni yengyapman

Sensizlik yurtiga ketyapman.

 

Oybarchin QO'SHOQOVA,

Buloqboshi tumanidagi

46- IDUM targ'ibotchisi.