+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 28 Дек 2023
    Талабалар ташаббуслари қўллаб-қувватланади
    ёшлар ҳаёти Андижон давлат чет тиллар институтида "Раҳбар ва ёшлар" учрашуви бўлиб ўтди. Учрашувда институтнинг биринчи проректори Ботиржон Аҳмедов талабалар билан мулоқот ўтказди. Дастлаб у…
  • 28 Дек 2023
    Ватан ҳимояси - муқаддас бурч
    Мамлакатимизда ўтказилаётган "Ватанпарварлик" ойлиги доирасида Булоқбоши туманидаги 55- ихтисослашган давлат умумтаълим мактабида "Ватан ҳимояси - муқаддас бурч" мавзусида маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди. Ўқувчи ёшларнинг юртга…
  • 28 Дек 2023
    ҚИЗЛАР ТАРБИЯСИДА КИТОБНИНГ ЎРНИ
    "Китоб - беминнат устоз" деб ёзганди буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий. Дарҳақиқат, билим ва маънавий юксалишга эришишнинг энг асосий манбаи китобдир. Шунингдек, китоб тарбия…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

Shе'riyat gulshani

Yolg'iz ketayabman ...

 

Yolg'iz ketayabman zulmat qa`ridan,

Qorong'u kechada hamroh faqat oy.

Bu tor yo'lakda itlar uvillar,

Bu itlar zulmatni quvar hoynahoy.

 

Men esa, ketaman yorug'lik sari,

Mendan istirob-u qayg'ular nari.

Menga eshik yopgan uylarning bari,

Bir kun yo'llarimga chiroq yoqadi.

 

Hozircha ketaman tor yo'laklardan,

Quyoshli kunlarga yetmog'im uchun.

Va bu yo'llarga dastxat qo'yaman,

Yuksalib ketganda eslamoq uchun.

 

Muhammadrasul Mamatqulov,

Andijon tumanidagi 10- umumta'lim maktabning 11-sinf o'quvchisi.

Muhabbat

 

Muhabbat, kelaqol, rasmingni chizay,

Mo'yqalam kerakmas so'zim mo'y qalam.

Bir parcha varaqni izlab qiynalmay,

Yurakka chizaman, sen dardli nolam.

 

Muhabbat dardimning o'tli huruji,

Oqshomda tutqanoq tutganday qo'zir,

Men rassom emasman, ammo shu kecha,

Ko'nglimda qandaydir g'alayon to'zg'ir.

 

Muhabbat, kelaqol, bir narsa yozay...

 

Nasibaxon IBROHIMOVA,

Andijon davlat universiteti talabasi.

 

Bayrog`im

 

Ona yurtim bayrog`i,

Mustaqillikning ramzi,

Hilpirar yuksaklarda,

Hayajon solib dilga.

 

Yurtni dunyoga tanitib,

Omad quchar yurtdoshim,

Madhiyaga jo`r bo`lib,

Ko`tarilar bayrog`im.

 

Gulshanoy RAVShANOVA,

Xo`jaobod tumanidagi   9- umumta'lim maktabining 9- sinf o`quvchisi.

 

 

Kuz

Shivirlaydi olamga  yomg`ir,

Maysalarga to`kilar ohang.

Daraxtlarning barglari bir-bir,

Dardlar chеkib, bo`lar sariq rang.

 

quvlashmachoq o`ynaydi еllar,

Dеydi kuzga qo`llaringni bеr.

To`kilarkan еrga xazonlar,

Butun olam sovqotmasin dеr.

 

Mеhriniso NЕ'MATOVA,

Andijon tumani 53-maktabning 5- sinf o`quvchisi.

 

Ro`yo

 

Samodan qor emas orzu yog`moqda,

Orzularim yuksakligin bilganday go`yo.

Bo`g`zimdan bir armon meni bo`gmoqda,

Nahot men bilganim barchasi ro`yo.

 

Ro`yo o`zi nima? Ro`yo bu tug`yon,

Ro`yo muhabbatni qilganmi makon?

Ro`yo ko`zlaringda misoli mujgon,

Ro`yoga alishmam seni hech qachon.

 

Begoyim ABDUKAYUMOVA,

Andijon davlat universiteti talabasi.

 

Onamga

So`z bog`idan ta`rifingiz topolmayin,

Tashvishlarning eshigini yopolmayin.

Lahza bo`lsa dardingizni aritdimmi?

Sho`xlik qilib sizni erta qaritdimmi?

 

Poyingizgа yumalasa ko`z yoshlarim,

Bilganimcha sizga atab she`r boshladim.

Bolam deya barimizni birdek suyib,

Betob bo`lsak, uxlamaysiz tunlar kuyib.

 

Shuncha mehr, shuncha sabr qaydan kelar,

Sochingizga oq oralab yillar yelar.

Tilagimiz, duogo`yim yuzga kiring,

Endi faqat iqbolimiz ko`rib yuring.

 

Madinabonu Нasanova,

Xo`jaobod tumanidagi 40-DIMI 11-sinf o`quvchisi.