+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 28 Дек 2023
    Талабалар ташаббуслари қўллаб-қувватланади
    ёшлар ҳаёти Андижон давлат чет тиллар институтида "Раҳбар ва ёшлар" учрашуви бўлиб ўтди. Учрашувда институтнинг биринчи проректори Ботиржон Аҳмедов талабалар билан мулоқот ўтказди. Дастлаб у…
  • 28 Дек 2023
    Ватан ҳимояси - муқаддас бурч
    Мамлакатимизда ўтказилаётган "Ватанпарварлик" ойлиги доирасида Булоқбоши туманидаги 55- ихтисослашган давлат умумтаълим мактабида "Ватан ҳимояси - муқаддас бурч" мавзусида маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди. Ўқувчи ёшларнинг юртга…
  • 28 Дек 2023
    ҚИЗЛАР ТАРБИЯСИДА КИТОБНИНГ ЎРНИ
    "Китоб - беминнат устоз" деб ёзганди буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий. Дарҳақиқат, билим ва маънавий юксалишга эришишнинг энг асосий манбаи китобдир. Шунингдек, китоб тарбия…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

She`riyat gulshani

        Ishonaman

Ishonaman, qaydadir meni,

Yaxshi so`zla eslaydi, albat.

Eslamasa hamki har kuni,

Yuragida bor ixlos, hurmat.

 

Ishonaman, gar kelsa omad,

Hursand bo`lar qaydadir, kimdir.

Yuragida bor mehr, shafqat,

Uchrashganda izhor etadir.

 

Ishonaman, qancha dillardan,

Oz bo`sa ham o`rin olganman.

 Yashayapman shu ishonch bilan,

So`zlariga guvoh bo`lganman.

 

Kimdir meni g`iybat qilsa ham,

Hurmat bilan eslaydi kimdir.

G`iybat so`zlar qilmaydi alam,

Yaxshi so`zlar uni yengadir.

 

Yashayapman shu ishonch bilan,

Shu ishonchim menga madadkor.

Shu ishonch bor doim baxtliman,

Shu ishonchim menga madadkor.

 G`ani MAJID

 

Hotira - muQaddas, Qadr - bebaho

Jangu jadal debon ketganlar qancha,

Bu kunga yetmagan, yetganlar qancha,

Millatning g`ururi, kelajagi deb,

El uchun jon fido etganlar qancha.

 

Jangohlarda shahid ketganlar qancha,

Jondan kechib, qon kechganlar qancha,

Tunu kun tinmasdan front ortida,

Hijron azobini yutganlar qancha.

 

Kibrni o`ziga or bilgan elim,

Qadriyatni qimsab, bor bilgan elim,

Vatanni yagona jon kabi sevib,

Iymonni pokiza yor bilgan elim.

 

Qo`rg`on ham qalqonmiz yurtning koriga,

Ming bora shukurkim, yo`g`u boriga,

Hurriyat nafasin to`yib simirib,

Yaraylik tosh bilib poydevoriga.

 

O`tganlar ruhini etaylik tavof,

Tiriklarni yo`qlab topaylik savob.

Abdurashid ERGASHEV,

 Asaka tumanidagi 26-umumta’lim maktabi iqituvchisi, Halq ta’limi a’lochisi.

 

Onajon

Onajonim sizni men,

Juda yaxshi ko`raman.

Mehringizga to`yolmay,

Ko`ksingizga bosh qo`yaman.

 

Onajonim baxtimga,

Sog` bo`ling, omon.

Mehringiz misli oftob,

Tugamaydi hech qachon.

 

Farangiz MASHRABJONOVA,

Asaka tumanidagi 48- umumta’lim maktabi 3- sinf o`guvchisi.

 

Muhabbat

 

Oshiq yurak qo`llarida

arzon bo`lgan muhabbat,

Chin sevginig yo`llarida

sarson bo`lgan muhabbat.

Yonib rashkning olovida

vayron bo`lgan muhabbat,

Kuyib ishqning yo`llarida

sarob bo`gan muhabbat.

 

Kuyib xajrning o`tida

ayro bo`lgan muhabbat,

Kezib ishqning ko`chasida,

gado bo`gan muhabbat.

Ko`rib ko`ngil bog`lariga,

nido bo`lgan muhabbat.

Kuyib xijron o`tida

ado bo`lgan muhabbat.

 

Baxrinsa YULDASHEVA, Oltinko`l tumani.

 

Qizlarimga

 Olloh bergan buyuk ne`matlarimsiz,

Bebaho javohir, siz gavshcharimsiz.

Nargizim, Azimam, Dilbarim sizsiz,

Sizni dunyolarga alishmam aslo.

 

Bir-biridan go`zal lobar qizlarsiz,

Pokiza, pazanda, shirin so`zlarsiz.

Qalbingiz pok, doim rostni so`zlarsiz,

Sizni dunyolarga alishmam aslo.

 

Bir sizda turasiz mardona shaxdli,

Bilgansiz doimo vafodor axdli,

Orzuim doimo bilinglar baxtli,

Sizni dunyolarga alishmam aslo.

 

Sizlar mening asli suyangan tog`im,

Sizlar gulyuzligim, gullagan bog`im,

Siz bilan itgan vaқt eng baxtli chog`im,

Sizni dunyolarga alishmam aslo.

Mavludaxon ABDUQODIROVA, Qo`rg`ontepa tumani.

 

O`zbekiston

O`zbek azaldan kamtar, jonfido,

Jasur va mard o`g`lonlari bisyor, 

Har tong hur o`lkada aytilar alyor,

Shu yurtdan kuch olar jismu jonim,

Gulla, yashna, hur O`zbekistonim.

 

Seni madh etaman bor tanda jonim,

Ulug`dan ulug`san, qalbimda orim,

Mening ona yurtim, aziz tuprog`im,

Sen bilan porlagay baxtim, quyoshim,

Gulla, yashna, hur O`zbekistonim.

 

Yurtim osmoningda kuladi quyosh,

Tinchligingni tilar har keksa-yu yosh.

Farzandlaring doim bo`lar yelkadosh,

O`ttiz yoshing qutlug` bog`-u bo`stonim,

Gulla, yashna, hur O`zbekistonim.

Zubayda MADAMINOVA

Andijon tumanidagi 53- umumta’lim maktabi o`quvchisi.