+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 28 Дек 2023
    Талабалар ташаббуслари қўллаб-қувватланади
    ёшлар ҳаёти Андижон давлат чет тиллар институтида "Раҳбар ва ёшлар" учрашуви бўлиб ўтди. Учрашувда институтнинг биринчи проректори Ботиржон Аҳмедов талабалар билан мулоқот ўтказди. Дастлаб у…
  • 28 Дек 2023
    Ватан ҳимояси - муқаддас бурч
    Мамлакатимизда ўтказилаётган "Ватанпарварлик" ойлиги доирасида Булоқбоши туманидаги 55- ихтисослашган давлат умумтаълим мактабида "Ватан ҳимояси - муқаддас бурч" мавзусида маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди. Ўқувчи ёшларнинг юртга…
  • 28 Дек 2023
    ҚИЗЛАР ТАРБИЯСИДА КИТОБНИНГ ЎРНИ
    "Китоб - беминнат устоз" деб ёзганди буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий. Дарҳақиқат, билим ва маънавий юксалишга эришишнинг энг асосий манбаи китобдир. Шунингдек, китоб тарбия…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

Qalbingda Vatanni asra, do'stginam

MENI SEVSANG

 

Olam-olam izhor bilanmas,

Dardli nola, ash'or bilanmas,

Sevdim so'zi takror bilanmas,

Meni sevsang qalbing bilan, sev.

 

Kerak emas, yo'q, shirin yolg'on,

Kerak emas, yo'q, soxta tug'yon,

Ko'r-ko'rona qilmagin isyon,

Meni sevsang darding bilan, sev.

 

Kamdir qancha ko'p bo'lsa mehr,

Ko'pdir qancha oz bo'lsa qahr,

Qadr qilsang toparsan qadr,

Meni sevsang qadring bilan, sev.

 

Aytma ishqing, gar bo'lsa havas,

Men qalbingda bo'lsam har nafas,

Iltimosim, nafsing bilanmas,

Meni sevsang sabring bilan, sev.

Mubina ABDUQAHHOROVA

Xotinini urgan erkakni

 

Ro'zg'orida bo'lmas baraka,

Hurmat qilmas hattoki uka,

Yeb qo'ygudek xo'mrayar aka,

Xotinini urgan erkakni.

      

Yomon ko'rar do'stu oshna ham,

Yoqtirmaydi qo'ni-qo'shni ham,

Ezar doim uni tashvish-g'am,

Xotinini urgan erkakni.

 

Farzandlari doim darbadar,

Biror yaxshi eshitmas xabar,

Go'yo kelayotgandek xatar,

Xotinini urgan erkakni.

 

Ota-ona doim tashvishda,

Unumi yo'q qilgan har ishda,

Yana qanday savdolar boshda,

Xotinini urgan erkakni.

 

Bu - besh kunlik, o'lchovli dunyo,

Tarozining pallasi go'yo,

Jazosini beradi Xudo,

Xotinini urgan erkakni.

Ismonali XOJIMATOV

 

Yo'qotilgan lahzalar

 

Sen hozir baxtlisan, bilindi chetdan,

Mendan boshqa yana suyanchig'ing bor.

Ayb senda ekanin oshkora aytib,

Beparvo ko'nglingga berdimmi ozor?

 

Alam qildi biroz beozor sevgi,

Tosh bosgan paymonam bir kun to'lmasmi?

Indamasdan kechib ketgandan ko'ra,

Janjallashib baxtli bo'lsam bo'lmasmi?

 

Muzlagan yurakni eritgan eding,

Yaxlagan tuyg'uni anglatdi kafting.

Baxt bilan siylab, so'ng alvido deding,

Yurakni cho'g'dayin kuydirdi tafting.

 

Indamasdan ketish nahotki oson,

Nahot darrov uzib bo'lsa rishtani.

Eshikni bir tepib keldimi armon,

Topdim deb o'ylabman men farishtani.

 

Seziladi darrov kuyuk bu o'rning,

Hecham o'chmaydigan dog' bo'lib qolding.

Yurakka tig' sanchdi bevafo ko'ngling,

Jarohatlab yana jonimni olding.

Qayga ketib qolding...

Qaylarda qolding..?

Arabboy VAHOBOV,

Baliqchi tumani.

Hayot poyezdi

 

Nega bu bekatda tushib qoldim men,

Qayerga ketyapman, bilmayman asli.

Chipta ham meniki bo’lmasa kerak,

Yo yana keldimi yolg’izlik fasli.

 

Xazonrezgilarga to’ldi-ku yo’lim,

Uni yoqib qalbni yoritib bo’lmas.

Dardni tashlab ketay desam shu yerga,

Zulmat qaridan hech chiqqisi kelmas.

 

Yana yo’lga chiqdim, senga boryapman,

Ruhim o’zim bilan, bundan ko’nglim to’q.

Chiptamni yurakka yashirib qo’yib,

Hayot poyezdida mangu qolgim yo’q.

Karimjon IKROMOV

Vatanim

 

Har kun tongda tilayman ravon bo'lsin yo'llaring,

Bog'u-rog'ga aylansin Qizilqumdek cho'llaring.

Bunday zamon bo'lmagan hozirgacha hech qachon,

Dunyo chetiga yetsin gar uzatsang qo'llaring.

Ostonadan boshlangan makonimsan, Vatanim.

 

Har jabhada yuksalish bunyodkordir yoshlaring,

Gavhar kabi bebaho, qoyadagi toshlaring.

Har qarichi qimmatli, azizdur tuproqlaring,

Faqat quvonchdan bo'lsin ko'zingdagi yoshlaring.

Bizlarni asrab turgan posbonimsan, Vatanim.

 

Bag'rikenglik shioring, bir yuz o'ttiz millat bor,

Barcha millat bir millat, hech biri bo'lmaydi xor.

"Kuch-adolatda" degan Temur bobom shiori,

Qomusim asosida adolatli hukm bor.

Tarixda iz qoldirgan dostonimsan, Vatanim.

Nishonboy BOLTABOYEV,

Andijon shahridagi "Yog'du" adabiy

maktabi a'zosi.

 

Onamni sog'inaman

 

Telbalardek yig'layman,

So'ng bazo'r ovunaman.

Peshonamdan  o'psa deb,

Onamni sog'inaman.

 

Goh alanglab o'ng-so'lda,

Atrofga termulaman.

Dod solib faryod bilan,

Onamni sog'inaman.

 

Singlim, ukam so'raydi,

Indamay jim bo'laman.

Yurakkinam qo'msaydi,

Onamni sog'inaman.

 

O'pib tuproq poyini,

Jannat qil deb joyini.

Ollohga yolvoraman,

Onamni sog'inaman.

Marjona ABDUSAMATOVA,

Marhamat tumanidagi

1-son kasb-hunar maktabi o'quvchisi.

Shukr qilgin,

onang bor

Hayotingda yagona,

Mehriboning  bu - ona.

Sen onangni asragin,

Asragin-avaylagin.

 

Onang tanbeh bermasa,

O'qimaysan kitobing.

Onang tanbeh bermasa,

Yomon bo'lar odobing.

 

Shukr qilgin, onang bor,

Dunyoda yagonang bor.

Bag'ring butun, qadding tik,

Yuragingda yo'q hadik.

 

So'zla shirin til bilan,

G'azabing ichingga yut.

Bilsang, poyidir jannat,

Tuprog'in ko'zingga surt.

Hadyatillo MAHMUDOV,

Andijon shahridagi

1-umumta'lim maktabi o'quvchisi.

 

ORZULAR

 

Inson yashar ekan mehrga intiq,

Orzular qo'ynida yashaydi har dam.

Hayotdan oladi in'om va tortiq,

Istagi yo'lida tashlaydi qadam.

 

Mening ham orzuim munavvar etib,

Kelajak yo'limni yoritgan mash'al.

Men uning qo'lidan borgayman tutib,

Ulug' maqsadlarga intilsam agar.

 

Tilagim orzular amalga oshsin,

Maqsadga erishmoq naqadar totli.

Go'zal hayotimiz bardavom bo'lsin,

Barcha insonlqar bo'lsinlar baxtli.

 

Madinabonu HASANOVA,

Xo'jaobod tumanidagi 40- davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internat o'quvchisi.

Ota-onang duosin ol

 

Shukr degil, ota-onang bor,

Uying to'ri nurafshon, gulzor.

Qanotingdir, suyangan tog'ing,

Sirdoshingdir pushtipanohing.

Bardosh bilan berdi tarbiya,

Umri o'tar "farzandim" deya.

Otang duosin ol.

Mehribonu mehnatkash mushfiq,

Ketsang - kutar intizor, intiq.

Uyingdagi g'amxo'r farishta,

Duo qilib qo'llar har ishda.

Sen unga Ollohdan berilgan ne'mat,

O'tkinchi dunyoda bilgin g'animat.

Onang duosin ol.

Muhammadali AHMADALIYEV,

Andijon shahridagi 1-umumta'lim maktabi o'quvchisi.

 

Bobur sog'inchi

 

Davod, qalamni tutib dust,

Yulduzlarga boqqan Bobur.

Sog'inch o'ti dilin yoqib,

O'tli g'azallar bitgan Bobur.

 

Qarog'ida asrab Vatanni,

Yuragiga ko'mgan Bobur.

Yurtidan kelgan qovunni,

Ko'zlariga surtgan Bobur.

 

Ulug' shoir bobomning,

Aytgan so'nggi nidosi:

O'z yurtingning gadosi bo'l,

Bo'lma o'zga yurtning shoxi.

 

Ruxshona MAHMUDJONOVA,

 Asaka tumanidagi 52- umumta'lim maktabi  o'quvchisi.

QALBINGDA VATANNI ASRA, DO'STGINAM

Xalovat bo'ladi o'z vataningda,

Tinchlik bo'lar - uying, jonu taningda.

Oilang - qanoting, doim yoningda,

Qalbingda Vatanni asra, do'stginam.

 

Yuzi qaro bo'lib, Vatanni sotma,

Gumroh bo'lib, ulkan gunohga botma.

Mehr qo'y, jondan sev, cheksiz - beta'ma,

Qalbingda Vatanni asra, do'stginam.

 

Tinchlik sanaladi dunyo ustuni,

Ko'zing qarosidek asragin uni.

Vatangadolarning chiqmasin uni,

Qalbingda Vatanni asra, do'stginam.

Inobatxon MAMADHOJIYEVA,

Qo'rg'ontepa tumanidagi 3-umumta'lim maktabi o'quvchisi.