+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 30 Нояб 2023
    Банк коррупциядан холи соҳага айланадими?
    Тадбир “Ўзмиллийбанк” АЖ Андижон вилояти бошқармасида бўлиб ўтган “Очиқ эшиклар куни” тадбирида ана шу савол ва коррупцияга қарши курашиш билан боғлиқ қатор масалалар хусусида атрофлича…
  • 12 Июль 2023
    Тарғибот ишлари кучайтирилмоқда
    Ўзбекистоннинг янги конституциясида инсоннинг ҳуқуқи, шаъни ва қадр-қиммати олий қадрият сифатида белгилаб қўйилди. Ҳар кандай жамият бахтли келажакка интилгани каби Ўзбекистон ҳам ўзининг тарихий тажриба…
  • 14 Июль 2023
    Фаол аёллар беллашишди
    Танлов Марҳамат тумани Ўқчи маҳалласидаги 29- умумтаълим мактабида фаол қизлар иштирокида "Балли, қизлар!" кўрик-танлови ўтказилди. Тумандаги 2- секторга қарашли маҳаллалардан қатнашган етти нафар қиз пазандалик,…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

SHE'RIYAT GULSHANI

Sog'inch

Shodlanib yashashni istadim,

G'amlarni "ket", deya qistadim.

Diydor  ko'rishishni xohladim,

Dadajon, safardan qachon qaytasiz?

 

Alanga yondirar ko'ksimni,

Nimadir tilyapti bo'g'zimni,

Sog'inch o'rtayverar ko'nglimni,

Dadajon, safardan qachon qaytasiz?

 

Osh suzsam, hamisha bir nasiba kam,

Sizsiz tomog'imdan o'tmaydi non ham,

Siz ham sog'inasiz bizlarni har dam ,

Dadajon, safardan qachon qaytasiz?

 

Ketsangiz, uyimiz huvillab qolar,

Onaginam intizor, yo'l qarab qolar,

Qizingiz sog`inib, duolar qilar,

Dadajon, safardan qachon qaytasiz?

Madina MAXSUDALIYEVA,

Izboskan tumanidagi 24-umumta'lim maktabi o'quvchisi.

 

O'zbegimning qiziga

O'sma qo'yar qoshiga,

Gul taqadi sochiga.

Yigit oshiq so'ziga,

O'zbegimning qiziga.

 

Atlas kiysa yarashar,

Sochin o'rib tarashar.

Havas bilan qarashar,

O'zbegimning qiziga.

 

Onasining gavhari,

Otasin boylik zari,

Duoda yoshu qari,

O'zbegimning qiziga.

 

Hayo va ibo bilan,

Mehr va vafo bilan,

Yashasin, baxtin tilang,

O'zbegimning qiziga.

Mubina MAHMUDOVA,

Andijon shahridagi 35-DIMI o'quvchisi.

 

Qiz chiqarib...

 

Seplar yig'ib jonimda qolmadi jon,

Qizni boqib yuzimda qolmadi qon.

Yaxshi yuribdimi, deya chekib fig'on,

Qiz chiqarib qiyildim-a, ovsinjon.

 

Tug'ilgan kun, bayramlar ham ko'p ekan,

Mazar tashish juda og'ir yuk ekan.

Qizni berib, oshqozoning tug ekan,

Qiz chiqarib qiyildim-a, ovsinjon.

 

Qizing xato qildi deb chaqiradi,

Ovozining boricha baqiradi.

Uzr so'rab yuragim qaltiraydi,

Qiz uzatib qiynaldim-a, ovsinjon.

 

Qudalarga ko'ksimda qo'l, bosh egik,

O'g'il tuqqan ul oyimcha ko'p tetik.

Qizimdan ayb topsalar ham "xo'p" dedik,

Qiz chiqarib to'kildim-a, ovsinjon.

 

Eshigimdan qizim kelsa, intilib,

"Tinchlikmi?" deb bezillayman termulib.

O'zim yemay, bor-yo'g'imni ilinib,

Qiz chiqarib so'kildim-a, ovsinjon.

 

Nima derkin, deb og'ziga qarayman,

Erkalatib sochlarini tarayman.

Bolam baxtin Allohimdan so'rayman,

Qiz chiqarib qiynaldim-a, ovsinjon.

 

Uyga kelar quruqqina, qizginam,

Ketarida tugunu, osh, noni jam.

Shukr deyman, ko'zida bo'lmasa nam,

Qiz chiqarib to'kildim-a, ovsinjon.

 

O'zi qolib bolasini boqaman,

Og'rib qolsa balosiga qolaman.

Dardlarini men o'zimga olaman,

Qiz chiqarib bilindi-ya, ovsinjon.

 

Mayli deyman, tinib-tinchib ketsa ul,

Mening uchun davlat, xazinadir shul.

Butun bo'lsin ro'zg'ori, bo'lmasin kul,

Qiz chiqarib tiyildim-a, ovsinjon.

 

Bolam uchun duodaman har doim,

Ko'z yosh to'ksa men chun qiyomat qoyim.

Hurmatoyning niyati pok Xudoyim,

Qiz chiqarib qiyildim-a, ovsinjon.

Hurmatoy AZIMSHER qizi

 

Ozor bermang qushlarga

Ikki bola bir kuni,

Musichani tutvoldi.

Bechorani "sayra" deb,

Rosa qiynoqqa soldi.

 

Musicha hech sayramay,

Qotib turar mo'ltirab.

Bolalar-chi, tushunmas,

Qanotlarin qayirar.

 

Oshna, dedi bir bola,

Yur, to'tini tutamiz.

Uni tilga o'rgatib,

Sayrashini kutamiz.

 

Ozor bermang qushlarga,

Yayrab uchsin ular ham.

Qushlar bizning do'stimiz,

Sayrashi jonga malham.

 

Biling, qushlarga aslo,

Oltin qafas kerakmas.

Ularga moviy osmon,

Bir keng o'tloq bo'lsa bas.

Muslima HALIMOVA,

Andijon shahridagi 23-umumta'lim maktabi o'quvchisi.

 

Qor yoqqan kun

 

Orziqib kutgan edik,

Qorlar yog'di yurtimda.

Tundan boshlab tonggacha,

To'xtamasdan yog'di-ya.

 

Tongda turib qarasam,

Hamma yog' oppoq ekan.

Momiq paxtami desam,

Sanchilar go'yo tikan.

 

Sevinib, singlim bilan,

Qorbo'ronni boshladik.

Sirpanchiq uchdik yana,

Qorbobo ham yasadik.

 

Sabzidan burun qildik,

Cho'pdan esa qo'lchalar.

Qorni kurab, hovliga,

Qurdik muzli yo'lchalar.

 

Yana birpas o'ynay, deb,

Oyimga ko'p elandik.

Oppoq qorlar yoqqan kun,

Oppoq unga belandik.

 

Durdona TOIROVA,

Andijon shahridagi 35-DIMI o'quvchisi.

 

Siz jannat poyida yastangan ayol

Mening bor davlatim, aziz onajon,

Ko'kdagi yulduzim,oyu quyoshim.

Qalbimga yaqinim, mushfiq, mehribon,

Tanho o'zingizsiz mening quvonchim.

 

Siz farishta emas, undan ziyoda,

Siz jannat poyida yastangan ayol.

Go'zal gullar ichra mening yagonam,

Toleyim yulduzi, ko'kimda hilol.

 

Ta'zimu xizmatda bo'lay umrbod,

Yonimda bo'lsangiz, ko'nglim bo'lar shod.

Yulduzxon RAVSHANBEKOVA

 

Kel, dardkashing bo'lay

Shabnamlar o'rmalar, sahar, oqshomlar,

Joynamoz ustida, yuzlaring bo'ylab.

Hech kim anglayolmas Allohdan bo'lak,

Tonglari farzanding turishing o'ylab.

 

Umring yoz-u, ammo sochingda qorlar,

Lablaring bahordan qilar tabassum.

Ust-bosh qilish kerak, ulg'ayar bolang,

Lek ro'moling seni tanlamas mavsum.

 

Xafa bo'lasan-u ayta olmaysan,

Qalbing jim yig'laydi chiqarolmay un.

Axir u dilbanding, sir saqlolmaysan ,

Mushfiq yurakkinang bo'lsa hamki xun.

 

Sadoqat hukmron alam ustidan,

Bo'lasan mehribon, har on, har qachon.

G'amxo'rlik qilasan, tunlar beminnat,

Qora ko'zing biri og'rigan zamon.

 

Kel dardkashing bo'lay, g'amlaring so'yla,

O-o mushtipar ayol, ayt dil nolasin.

Qorong'u tunlarda yurma sovqotib,

Ochib beray qalbim issiq xonasin.

Hilola MAHAMADJONOVA,

Qo'rg'ontepa tumani.

 

Panohim dadam

Tanibmanki dunyo yuzini,

Yelkangizda opichib har dam.

Borligingiz uchun tashakkur,

Suyukligim, mehribon dadam.

 

Ketmang aslo bizdan olisga,

Sizsiz hatto yurgim kelmaydi.

Sayramaydi bog'dagi bulbul,

Bo'lmasangiz, shamol yelmaydi.

 

Buvimning yoshlari to'xtamas,

Shuning uchun ketmang dadajon.

Oilamiz qo'rg'oni, suyanchi bo'lib,

Onamning yonida bo'ling har bir on.

 

Nodiraxon YIGITALIYEVA,

Paxtaobod tumanidagi

20-umumta'lim maktabi, 6-sinf o'quvchisi.

 

 

Tuprog'inG bosib ham qo'msayveraman

 

Shabboda shivirlar, yomg'ir shitirlar,

Ohista xayollar chulg'aydi meni.

Yurakkinam duk-duk urar, potirlar,

Jimgina eslayman, do'stginam seni.

 

Yong'oqqa osilgan sim arg'imchoqni,

Dugonam, sen bilan uchgim keladi.

Onam sovg'a qilgan ilk qo'g'irchoqni,

Har lahza ko'rganda quchgim keladi.

 

Aqlli dugonam, bardoshli do'stim,

Sizlarni sog'inib, eslayveraman.

Ozod, hur Vatanda ulg'aydim, o'sdim,

Tuprog'in bosib ham qo'msayveraman.

Munisa NOSIROVA,

Asaka tumanidagi 55-umumta'lim maktabi o'quvchisi.

 

Onajonim, qadringizga ona bo'lib yetyapman...

Kiyib bitta libosni

Ikkisini asrabsiz.

Otam bergan atlasni,

Menga deya atabsiz.

Eh, onam- a, endi bilsam,

Faqat bizni o'ylabsiz,

Onajonim, qadringizga ona bo'lib yetyapman.

Tashrifim ko'p kutibsiz,

Men bo'lsam, tez qaytibman.

Quvonchimmas, faqatgina

Dardu, g'amim  aytibman.

O'ylab ko'rsam, kattagina

Xato qilib qo'yibman,

Onajonim, qadringizga ona bo'lib yetyapman.

Bor bo'lsa ham, bildirmasdan,

Yo'q bo'lsa, jar solmasdan.

Obro' topib, suyunmasdan yurganingiz eslasam,

Mushfiq onam borligidan faxrlanib ketyapman,

Onajonim,  qadringizga ona bo'lib yetyapman.

Hozir mana ikki qizu,

Bir o'g'ilga onaman.

Ba'zan ular kam-ko'stidan,

Olov bo'lib yonaman.

Yana bir bor sabringizga,

Qoyil qolib ketyapman.

Onajonim, qadringizga ona bo'lib yetyapman.

Madina MAMAJONOVA

 

Yurak

 

Yuragimni yo'qotib qo'ydim,

Dardlarimni qo'ygandim o'yib.

Endi usiz qanday yashayman,

Yashaymanda dardlarga cho'mib.

 

Tun pardasi yirtilgan kuni,

Ko'z-yoshimni to'yib ichishdi.

Vujudim tan olovli edi,

Egnimga ko'ylakday bichishdi.

 

Dilshoda ABDUMUTALIPOVA,

 

Muhammad Yusuf ijod maktabi o'quvchisi.