+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 30 Нояб 2023
    Банк коррупциядан холи соҳага айланадими?
    Тадбир “Ўзмиллийбанк” АЖ Андижон вилояти бошқармасида бўлиб ўтган “Очиқ эшиклар куни” тадбирида ана шу савол ва коррупцияга қарши курашиш билан боғлиқ қатор масалалар хусусида атрофлича…
  • 12 Июль 2023
    Тарғибот ишлари кучайтирилмоқда
    Ўзбекистоннинг янги конституциясида инсоннинг ҳуқуқи, шаъни ва қадр-қиммати олий қадрият сифатида белгилаб қўйилди. Ҳар кандай жамият бахтли келажакка интилгани каби Ўзбекистон ҳам ўзининг тарихий тажриба…
  • 14 Июль 2023
    Фаол аёллар беллашишди
    Танлов Марҳамат тумани Ўқчи маҳалласидаги 29- умумтаълим мактабида фаол қизлар иштирокида "Балли, қизлар!" кўрик-танлови ўтказилди. Тумандаги 2- секторга қарашли маҳаллалардан қатнашган етти нафар қиз пазандалик,…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

She'riyat gulshani

Qomusimiz - baxtimiz

Qomusimiz - baxtimiz,

Tinchlikning poydevori.

Unda jam huquqimiz,

Xalqimiz nomus-ori.

 

Nur sochar misli oftob,

Adolatning mayog’i.

Muqaddima, olti bob,

Moddalarning bulog’i.

 

Burchlar unda bir chashma,

Majburiyat qirg’og’i.

Har bir inson uchun shart,

O’z huquqin bilmog’i.

 

Qomusim asosida,

Yuksak ishlar bo’lajak.

Hali bizni kutmoqda,

Barqaror bir kelajak.

 

Qonunimiz bu yili,

Yigirma yetti yoshsan.

Oylar, yillar o’tsada,

Hamisha bizga boshsan.

 

Yurtim uzra baralla,

Jaranglaydi bir nido.

Qomusimiz kaloming,

Toabad qalblarda jo.

Munisa NOSIROVA,

Asaka tumanidagi

52-umumta’lim maktabi o’quvchisi.

 

  Andijon

Ming turfa chiroyli gullarga konsan,

Bulbulzabonlarga asli makonsan.

Sen men uchun hali ham navqironsan,

Dunyo yuzin ko’rgan, ko’rkam Andijon.

 

Dilbar, Barnolaring lo’ppi yuzida,

Baxtidan porlagan quyoshsan asli.

Qon-qonga singigan tarixlaringdan,

Bizga muqaddasdir To’maris vasli.

 

Ming yillik tarixga ega o’tmishing,

Olim allomangga tan berdi zamon.

Seni so’roqlashib kelsa Boburing,

Iqboling kulgani shudir, Andijon.

Faxriddin Zaxrutdinov,

Andijon tumani.

 

Kelajak sari olG`a,

 tengdoshlar!

O’zbek farzandiman, eng oliy baxtim,

Jonajon diyorim, suyangan taxtim.

Vatan ishonchini oqlashdir ahdim,

Kelajak sari olg’a, tengdoshlar!

 

Biz uchun hamisha imkonlar bisyor,

Har ezgu niyatda omad bo’lib yor.

Qo’llaguvchi yaratgan o’zi madadkor,

Kelajak sari olg’a, tengdoshlar!

 

Ajdodlar istagan farzand bo’laylik,

Yurtimiz dovrug’in dunyoga yoyaylik,

Har jabhada el uchun shaxdam turaylik,

Kelajak sari olg’a, tengdoshlar!

Diyora MUHAMMADJONOVA,

Asaka tumanidagi 30-umumta’lim maktabi o’quvchisi.

 

 

Laylak qor

Osmondan pag’a-pag’a,

O’ynab tushar oppoq qor.

Bulutlarning qo’ynidan,

Yog’a boshlar laylak qor.

 

Men tomon shoshilasan,

Manzilga oshiqasan.

Parvozda toliqmasdan,

Sen meni shod etasan.

 

Qadaming qutlug’ kelsin,

Orzuyimday oppoq qor.

Zumrad bahor kelguncha,

Bo’laqol bizlarga yor.

 

Osmondan tushgan parcha,

Misoli kumush zarcha.

Muz qaymoqni eslatding,

Bizlarni ko’p yayratding.

 

Maktabimda yasalgan,

Archaga bo’lding chiroy.

Yo’lakchada bezangan,

Qor bola va Qorqizoy.

 

Bolajonlar ermagi,

Qor bo’ronning o’zagi.

Inobatxon

MAMATXOJIYEVA,

Qo’rg’ontepa tumanidagi

3-umumta’lim maktabi o’quvchisi.

 

Besh tashabbus 

Besh tashabbus qarorin,

Chiqardi Yurtboshimiz.

Bajarsak bizlar barin,

Ulug’lanar nomimiz.

 

Qarorlardan shod bo’lib,

Biz yoshlar chiqdik yo’lga.

Qalbga jasorat to’lib,

Qalamni oldik qo’lga.

 

Birinchi tashabbusda,

Musiqa , rasm, san’at.

Teatr adabiyotda,

Ko’rsatishga top jur’at.

 

Kimdir sog’lik yo’lida,

Yana kimdir sportda.

Va raketka qo’lida,

Mashg’uldir tennis kortda.

 

Innovatsion g’oyalar,

Qidiray kitob titib.

Chet eldan ko’p sarmoya,

Kelay yurtga kiritib.

 

Tashabbus to’rtinchisi,

Ma’naviy yuksalishdir.

Biling, eng qo’rqinchlisi,

O’qimay keksayishdir.

 

Beshinchi tashabbuschi,

Quvontirdi bizlarni.

Ish bilan ta’minlashdir,

Ishsiz xotin-qizlarni.

 

Xullas, beshta tashabbus,

Beshta imkon biz uchun.

Ijod, o’qish va ishda,

Ko’rsating yoshlik kuchin.

Orifjon VALLOMATOV,

Andijon tibbiyot kolleji o’quvchisi.

 

 

Onam rozi bo’lguncha

Allohim, so’ray sendan,

Kun botib, oy to’lguncha.  

Olib qo’ymagin, mendan,

Onam rozi bo’lguncha.

 

Umriga sen umr qo’sh,

To’lsin savob tuguncha.

Duoyim qaytarma bo’sh,

Onam rozi bo’lguncha.

 

Baxtli qilay onamni,

Armonlari o’lguncha.

Bag’ishlay har onimni,

Onam rozi bo’lguncha.

 

Qorong’u bo’lar kunim,

Xojiga bormaguncha.

Chiqmasin mayli, unim,

Onam rozi bo’lguncha.

 

Xoki-poyini olay,

Tursin dunyo turguncha.

Xizmatlarini qilay,

Onam rozi bo’lguncha.

Laylo SAMIBEKOVA,

Asaka tumanidagi 58-umumta’lim 

maktabi o’quvchisi.

 

 

 

Garov

Qish fasli yaqin kelib,

Uyda g’alva boshlandi.

Kamim tinglab, onamning,

Ko’zlari sal yoshlandi.

 

Bosh kiyimim bor, lekin,

Jufti zarar qilmaydi.

Hali rosa «g’alvam» ko’p,

Onam esa bilmaydi.

 

Har kun bitta kiyimni,

Kiyaverib to’ygandim.

Kim ko’p kiyim kiyishdan,

Garov o’ynab qo’ygandim.

 

Oldiraman baribir,

G`olib bo’lmay qolmayman.

Kiyimga pul to’plashchun,

Maktabga pul olmayman.

Dildora KARIMOVA,

Xo`jaobod tumani.

 

 

Obod maktabim

Yurtni obod qilish azal-azaldan,

Har bir yurtdoshimda mavjud merosdir.

Yurtboshim boshlagan ushbu islohot,

Vatanparvar elda mudom e’zozdir.

 

Mana, ko’rib qo’ying bunga isbotni,

Bugun maktabimiz go’zal, orasta.

Ustozlari dono, sharoit bisyor,

Bu maktabda o’qish orzu-havasda.

 

Maktabning rahbari Nargiza opa,

Yuz-yuz ishchilarga bir boshchi bo’ldi.

O’zi ham bir chetda qarab turmadi,

Xashar tez bitsin, deb yugurdi, yeldi.

 

Eng so’nggi uslubda sinfxonalar,

Bunday sharoitni  kim orzu qilmas.

O’qing, ilm oling, qadrlang buni,

Komil bo’lmasangiz ko’ngillar to’lmas.

 

Bugun maktabimdan so’z ochmay nechun,

Quvonmay bo’lurmi maktabim obod.

Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin,

Xalqim yashayversin erkin va ozod.

 

Ma’mura MEHMONOVA,

Andijon shahridagi 13-umumta’lim maktabi o’qituvchisi.

 

 

Bog`lanib qoldim

Ne qilay qismatim shunday yozilgan,

Sizni sevish peshonamda bor ekan.

Ko’rganim ham ko’rishganim desamda,

Qalbim  visol umidiga zor ekan.

 

Qani edi, yuragingiz ko’ra olsam,

Qalbingizda ne borligin bila olsam.

Zabonim ham ojiz qolar so’zlaganda,

Bir umrga yoningizda bo’la olsam.

Madina SHODMONOVA,

      Andijon tumani, Xrabek qishlog’i.

 

Qish orzusi

Keldi yana qish fasli,

Hamon yog’mayotir qor.

Qorni kutgan bolalar,

Bundan bo’ldilar bezor.

 

Yog’sin edi bo’ralab,

G`am anduhlar ketsinlar.

Bolalar ham qishdagi,

Orzusiga yetsinlar.

 

Yog’may qo’ydi nechun u?

Yog’sin tinmasin sira.

Qish faslidan biz uchun,

Qolsin shirin xotira...

Mohidil YULDASHEVA,

Oltinko’l tumanidagi

16-umumta’lim maktabi o’quvchisi.

 

 

Tuyg`u

Yuragimda tanho, yagona,

His-tuyg’u bor, sezib turibman.

Shu tuyg’uning neligin izlab,

Keng dunyoni kezib yuribman.

 

Qaniydi qalb qo’rimdagi sir,

Qanot qoqib ko’kka ucholsa.

Baxt qo’limdan mardlarcha tutib,

To’ygunimcha meni qucholsa.

 

Suygan yorim qo’lini bir bor,

Ushlamoqqa qilmadim jur’at.

Noumidlik tuyg’usi meni,

Tark etmasa kerak, toabad.

 

Sovuq urib ketgan bulutday,

Men turibman yolg’iz, bemador.

Bu dunyoda meningday tushkun,

Meningdayin noumidlar bor.

 

She’rxonlikda mening she’rlarim,

Yaxshiligin ro’kach qilmasman.

Yuragimda tanho his-tuyg’u,

Neligini o’zim bilmasman.

Akmaljon ABDURAHMONOV,

Muhammad Yusuf ijod maktabi  o’quvchisi.

 

Ko’ksi qalqon yigitlar

El-ulusi, yurtiga qalqon bo’lgan yigitlar,

Qaytmay so’zin ortiga qurbon bo’lgan yigitlar.

Qishloqdosh bir qizni deb, or talashgan yigitlar,

Qaltis bosgan izni deb, dor talashgan yigitlar.

 

Qani o’zbek g’ururing, oring bilan uyg’ongin,

Iymon qolmay, g’aflatda boring bilan uyg’ongin.

Ko’z yummagin, nomusing asragina, avayla,

Pastkashlarni, bedilni qahring bilan savala.

 

Er yigitning orini, asraydi der, ayollar,

Ko’zingni och, dunyoda ko’payar bedavolar.

Sen bilmasang qadringni, surib kayfu safolar,

O’zing qilgan xatodan yaralar behayolar.

 

Yigit bo’lsang sher bo’lgin, sindirmagin bardoshing,

Pok bo’l, yorug’ nursan sen, porlasin baxt-quyoshing.

Pastkash bo’lma, bo’lma xor, qilma do’stga xiyonat,

Bu dunyoda sevgi ham, jon ham senga omonat.

 

Qanday aziz yaralding, Yaratganga qulluq qil,

Egilma har zog’larga, qilsang Haqqa qullik qil.

Xonzodabegim ARABBOY qizi,

Muhammad Yusuf ijod maktabi o’quvchisi.

 

Yangi yilni kutaman

Orzularim cheki yo'q,

Qadamlarim misli o'q.

Maqsad sari chopaman,

Yangi yilni kutaman.

 

Tilaklar qalbdan toshib,

Yoshim bir yoshga oshib.

Orzularim ham jo'shib,

Yangi yilni kutaman.

 

Davralarda zo'r bayram,

Dillar - dillarga hamdam.

Quvonchga to'lib har dam,

Yangi yilni kutaman.

 

Qo'shiq jaranglar shu on,

She'rlar yozaman har on.

Bolalar kuylar biyron,

Yangi yilni kutaman.

Madinabonu BOBOMUROD QIZI,

 

Shahrixon tumani.