+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 30 Нояб 2023
    Банк коррупциядан холи соҳага айланадими?
    Тадбир “Ўзмиллийбанк” АЖ Андижон вилояти бошқармасида бўлиб ўтган “Очиқ эшиклар куни” тадбирида ана шу савол ва коррупцияга қарши курашиш билан боғлиқ қатор масалалар хусусида атрофлича…
  • 12 Июль 2023
    Тарғибот ишлари кучайтирилмоқда
    Ўзбекистоннинг янги конституциясида инсоннинг ҳуқуқи, шаъни ва қадр-қиммати олий қадрият сифатида белгилаб қўйилди. Ҳар кандай жамият бахтли келажакка интилгани каби Ўзбекистон ҳам ўзининг тарихий тажриба…
  • 14 Июль 2023
    Фаол аёллар беллашишди
    Танлов Марҳамат тумани Ўқчи маҳалласидаги 29- умумтаълим мактабида фаол қизлар иштирокида "Балли, қизлар!" кўрик-танлови ўтказилди. Тумандаги 2- секторга қарашли маҳаллалардан қатнашган етти нафар қиз пазандалик,…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

She’riyat gulshani

Barno qiz

 

Xayolimdan ketmas ul bodomqovoq Barno qiz,

Ifori biram shirin, xuddi guli ra’no qiz.

 

Intizomda yagona, e’zozu malaksiymo,

Odobi g’oyat nafis, so’zida ko’p ma’no qiz.

 

Go’zallar aro dilbar, husni erur bebaho,

Kamtar, lekin o’ziga qo’ymas sira bino qiz.

 

Noshirlik uning kasbi, ilmining poyoni keng,

Kitob bosish ishining ustasi - kim dono qiz.

 

Pardoz-andoz me’yorda, ortiq zebga berilmas,

Faqat ba’zan qo’liga qo’yib olar xino qiz.

 

Muallifning ko’ngliday ishlarni ado etib,

Mijozlardan hamisha olar hamdu sano qiz.

 

Turg’unga kirom aylab, tayyor etib kitobin,

Evaziga shoirdan oldi uzoq duo qiz.

Turg’un TO’RA

 

Iqror

 

Qaysargina ko’nglim, qaysar yuragim,

Ayt neni xohlaysan, neni yozayin?

Nega meni buncha qiynaydi, hayot,

Nega qo’llarimga qalam tutqazding?

 

O, qalbim, kechirgil, anglamadim men,

Yosh ham o’tdi, qirqdan oshdi-ku hayhot.

Balki, sen emassan qalam tutqazgan,

Balki, shuni xohlar muzaffar hayot.

 

Mening yozganlarim hech kim o’qimas,

O’qisa ham balki yurakdan tuymas.

Sarg’aymasdan hatto, barg ham uzilmas,

O’tinchim, yuragim urib tursang bas.

 

Har ishga undovchi o’zingsan mudom,

Yuragim tubidan topgansan panoh.

Men endi angladim, angladim e voh,

Seni deb uradi bu yurak - Olloh.

Feruzaxon SIROJIDDINOVA,

Izboskan tumanidagi 34-umumta’lim maktabi kutubxonachisi.

 

Vatan

 

Vatan, sen dildagi muqaddas tuyg’u,

Bag’ringda ushalar har tilak, orzu.

Tinchlik - shiorimiz, bizga yot - qayg’u,

Ertani yaratish - oliy tilak bu!

 

Har lahza yod olib, qadring tuyamiz,

Ezgulik ishida senga qanotmiz.

O’qishda, ijodda kamolga yetib,

Kelajakka tomon qadam qo’yamiz.

 

Vatan - buyuklardan qadrli meros,

Hech kimsa Vatanda aslo xor bo’lmas.

Har go’shadan kelar Vatan degan sas,

Faqat sening nomingla olamiz nafas.

Gulbahor YO’LDOSHEVA,

Buloqboshi tumanidagi 6-umumta’lim maktabi 8-sinf o’quvchisi.

 

Vatan - onam ko’z qarog’i...

 

Vatan nima, berding savol.

Endi eshit javobin.

Vatan - onam ko’z qarog’i,

Tugatolmam kitobin.

 

Vatan shunday bir makonki,

Topib bo’lmas adog’in.

Unda shunday zotlar o’tgan,

Quchmoq istab tuprog’in.

 

Vatan - o’sha, otam ekkan,

Oluchaning yaprog’i.

Orasida yashiringan

Otam kaftin qadog’i.

 

Vatanni sev, deya menga,

Nasihat qilma zinhor.

Vatan - iymon kabi qalbda,

Yashar daxlsiz, bedor.

 

Vatan - bolam yotgan beshik,

Yopqichlarin hidida.

Ham bir umr diydor qo’msar

Onamning umidida.

 

Bo’ldi do’stim, Vatan haqda,

Ortiq bermagin savol.

Gar Vatanni seva olsang,

Mayli, mendek seva qol!

Huvaydo DEHQONBOYEVA

 

Onam - boshdagi tojim

 

Ota-onam shirinso’z,

Biri qoshu biri ko’z.

Ko’zlarida mehr bor,

So’zlarida sehr bor.

 

Jondan sevar jonimiz,

Qanotu qalqonimiz.

Nima qilsak kechirar,

Xato qilsak o’chirar.

 

Goh chiqarib jahlini,

Shoshiramiz aqlini.

Ko’zlardagi gavharim,

Xonadonim mehvari.

 

Onam - boshdagi tojim,

Otam - yuksak me’rojim.

Madina SHODMONOVA,

Andijon tumani, Xrabek qishlog’i.

 

Onamdayin tabarruk ustoz

 

(Igna bilan yozilgan she’r)

Mehrin qiyosladim mo’’jizaga,

Hech topmadim o’xshashin aslo.

Teng kelolmas ustoz sha’niga,

Na bir ta’rif, na bir maqtov.

 

Har so’zida bor ajib mo’’jiza,

Ilm berar, qilmaydi minnat.

Qalam ojiz uning ta’rifiga,

Zukko, oqiladir ham oliyhimmat.

 

Mehrin taftin tuydim har onda,

Olam ichra u tengsiz, beqiyos.

Shunday ulug’ zot borki dunyoda,

Udir onamdayin tabarruk ustoz.

Umida RAHMATULLAYEVA,

Xo’jaobod tumani.            

 

Shoir xotirasiga

 

Qizg’aldoqning ko’zini yoshlab,

Jayronlarning dilini g’ashlab.

Qishlog’ingiz yo’llarin tashlab,

Qaylardasiz, shoir Muhammad?

 

Zor yig’labon qoldi Andijon,

Qon yig’labon qoldi Andijon.

Muhammadsiz qoldi Andijon,

Qaylardasiz, shoir Muhammad?

 

Orzular hech ado bo’lmaydi,

Armonlarsiz gado bo’lmaydi,

Xotirangiz aslo so’nmaydi,

Qaylardasiz, shoir Muhammad?

Shohjahon RUSTAMJONOV,

Muhammad Yusuf nomidagi DIMI

6-sinf o’quvchisi.

 

Tinchlik

Ko’z tegmasin tinchlikka,

To’qlikka, salomatlikka.

Dunyo chiroyli bo’lsin,

Olam gullarga to’lsin.

 

Chaqaloqlar, bolalar,

Doim o’ynab-quvnasin. 

Quvonchga to’lsin qalblar,

Hech kim azob chekmasin.

Xalqimiz bo’lsin omon,

Ko’z tegmasin yurtimga.

Hur va baxtli zamon,

Ilhom solsin dilimga.

Inobatxon MAMATXO’JAYEVA,

Qo’rg’ontepa tumanidagi 3-umumta’lim maktabi o’quvchisi.

         

Vatan hissi

 

Qoyalarda voyaga yetgan,

Ko’zida goh g’azab aks etgan.

Burgut - izlab har yerdan yemish,

Qoyasini sog’inar emish.

 

Mehr qo’yar bir shu qoyaga,

Chunki unda yetgan voyaga.

Oltinlarda tunasa qo’nib,

Ko’zida o’t qolarkan so’nib.

 

Vataniga u mehr bilan,

Yaratilgan so’z sehr bilan.

Burgutda-ki Vatan hissi bor,

Insonlarda undan ulug’vor.

Mohinur FOZILJONOVA,

Jalaquduq tumanidagi 

32-umumta’lim maktabi

8-sinf o’quvchisi.

 

Mehmonga  bordik

 

Bir kuni onam bilan,

Borgan edik mehmonga.

Kutib oldi farishta,

Ko’zlari cho’g’day yongan.

 

Bir ayol u oqila,

Tabassumi yarashgan.

Go’yo onam jilmayar,

Onam bor har qarashida.

 

Hayratlandi ko’zlarim,

Chulg’ab oldi ming xayol.

Mehmon qildi xo’p yaxshi,

Onamga o’xshash ayol.

 

To’lib toshdi hayratim,

So’zga tutdim onamni.

Katta qiz bo’lganimda,

Tanib oldim xolamni.

Bokira MO’YDINOVA,

Muhammad Yusuf nomidagi DIMI 10-cinf o’quvchisi.

 

She’r yozdim

 

- Yozdimki biram she’rlar,

 Bir ko’rib bering, domlam?!

- Shunchaki oddiy so’zlar,

 She’r bo’la olmas, bolam!

- Nega bo’lmasin, shundoq,

 O’zimga yoqqan gapda.

- Qofiya, vazn, turoq,

Pauza, ritm qayda?

- Qofiya boru, g’o’rda,

Pauza, to’xtash yakun.

Yozganim juda zo’rda,

Ichida turoq, vazn.

-She’r yozish qoidasin,

Puxta o’rgan, etgil yod.

Yozganing zo’r she’r bo’lsa,

Bo’larman bag’oyat shod.

O’gitlardan ruhlanib,

Yozdimki biram she’rlar.

Barchasi o’z joyida,

Ustozim nima derlar?

-Balli qizim, omon bo’l,

She’rla bo’lsin xush daming.

Tilarman senga oq yo’l,

Sinmasin hech qalaming!

Atikaxon AZIMJON qizi,

Ulug’nor tumani.

 

Baxtimizga bor bo’ling, bobo!

 

Duoga ochiqdir qo’llari,

Nurafshondir yurgan yo’llari.

Quchib-o’pib erkalaydilar,

Biz - bobomning rayhon gullari.

 

Siz qo’shiqsiz, kuydirsiz, navo,

Baxtimizga bor bo’ling, bobo!

So’ylagaysiz, ertagu matal,

Ayamaysiz vaqtingiz aslo.

 

Umringizga umr qo’shilsin,

Yuz yoshlarga kiringiz, bobo.

Siz qo’shiqsiz, kuydirsiz, navo,

Baxtimizga bor bo’ling, bobo!

Mohizoda TUROPOVA,

Muhammad Yusuf nomidagi DIMI o’quvchisi.

 

Hayot sinovlari

 

Sinovlarin boshladi hayot,

Taqdir bizni olg’a chorladi.

Yaqinlarim bo’lib goho yot,

O’z do’stlarim ko’ngil zorladi.

 

G’am-g’ussali kelsada bir ish,

Dardin aytib ko’ngil ochdilar.

Boshginamga tushganda tashvish,

O’zin olib har yon qochdilar.

 

Ishonganim dushmanim bo’ldi,

Yiroq ketib g’iybat qildilar.

Ko’zlar achchiq yoshlarga to’ldi,

Sof mehrimni yolg’on bildilar.

 

Taqdir kulib ustimdan goho,

Tuyg’ularim qildilar o’yin.

Sahro ichra qoldirib, tanho,

Ishonch, jur’at bo’ldi bir tiyin.

 

Endi boqmam orqaga bir bor,

Sinovlarga beraman bardosh.

Yurak qaqshab chekdi-ku ozor,

Hech ham endi to’kmayman ko’z yosh. 

 

Dilbaroy ABDUNAZAROVA,

Xo’jaobod tumani.

 

Yog’ar yomg’ir

 

Yomg’ir yog’di bu kecha,

Ko’risharmiz ertagacha.

Deya, asta shivirlab,

Ketdi shamol o’zgacha.

 

Yaratganning rahmati,

Aslida bu yomg’irlar.

Duolarning rag’bati,

Yog’ayotgan yomg’irlar.

 

Qaniydi bu yomg’irlar,

Dardlarimni o’chirsa.

Qulflangan qalbimni

Mehri bilan ocholsa.

 

Yomg’ir yoqqin, yog’a qol,

Yuvilib ketsin bari.

Oppoq qog’ozday bo’lsin,

Hatto ko’ngil daftari.

 

Mahsuma RO’ZIBOYEVA,

M. Yusuf nomidagi DIMI,

10-sinf o’quvchisi.

 

O’zbegimning munis ayoli

 

Boshidan ro’moli tushmagay,

O’zgada xayoli bo’lmagay,

Ayolning ta’rifin men aytay,

O’zbegimning munis ayoli.

Tosh kelsa kemirar, sezdirmas,

Suv kelsa simirar, bildirmas.

Hech ishin ertaga qoldirmas,

O’zbegimning munis ayoli.

Qo’lida mehnatning cho’ng izi,

Yuzlari oftobdan qirmizi,

So’zida mehrlar, gul isi,

O’zbegimning munis ayoli.

Uyida yog’dular nuri bor,

Yorisiz chiqarmas hech qaror.

Quvonchla aytaman men takror,

O’zbegimning munis ayoli.

 

Abbosbek HABIBULLAYEV,

Andijon tumanidagi

25-umumta’lim maktabi

 

11-sinf o’quvchisi.