+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 30 Нояб 2023
    Банк коррупциядан холи соҳага айланадими?
    Тадбир “Ўзмиллийбанк” АЖ Андижон вилояти бошқармасида бўлиб ўтган “Очиқ эшиклар куни” тадбирида ана шу савол ва коррупцияга қарши курашиш билан боғлиқ қатор масалалар хусусида атрофлича…
  • 12 Июль 2023
    Тарғибот ишлари кучайтирилмоқда
    Ўзбекистоннинг янги конституциясида инсоннинг ҳуқуқи, шаъни ва қадр-қиммати олий қадрият сифатида белгилаб қўйилди. Ҳар кандай жамият бахтли келажакка интилгани каби Ўзбекистон ҳам ўзининг тарихий тажриба…
  • 14 Июль 2023
    Фаол аёллар беллашишди
    Танлов Марҳамат тумани Ўқчи маҳалласидаги 29- умумтаълим мактабида фаол қизлар иштирокида "Балли, қизлар!" кўрик-танлови ўтказилди. Тумандаги 2- секторга қарашли маҳаллалардан қатнашган етти нафар қиз пазандалик,…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

SHE`RIYAT GULSHANI

Vatan aziz, tinchlik  bebaho

Andijon shahridagi 5-umumta'lim maktabida Vatanparvarlik oyligi doirasida madaniy-ma'rifiy tadbirlar, adabiy kеchalar o'tkazilmoqda. Ayniqsa, mushoira hamda shе'riyat tanlovlari o'quvchilar qalbida ona Vatanga muhabbat, sadoqat va vatanparvarlik tuyg'ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ana shu tadbirlarni tashkil etish va o'tkazishda maktab dirеktori Saidaxon Xo'jaeva, ona tili va adabiyoti fani o'qituvchilari, "Yosh qalamkash" to'garagi rahbarlari Nigoraxon Alijonova, Zamiraxon Zokirova, Ra'noxon Hakimova, Irodaxon Mamatqulovalarning alohida xizmatlari bor.

Quyida Vatanparvarlik oyligi doirasida maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan shе'riyat tanlovida ustozlari e'tirofiga sazovor bo'lgan bir guruh iqtidorli o'quvchilarning ijod namunalarini e'tiboringizga havola etamiz.

 

Dunyo ichra aziz bo`ston

 

Dunyo ichra aziz bo`ston,

Muqaddassan, O`zbekiston.

Yutuqlaring olqishlayman,

Tilab senga omad, sharaf-shon.

 

Tinchligingdir xo`p bebaho,

Sening uchun jonim fido.

O`g`il-qizing yo`ldoshingdir,

Sen dunyoda doim tanho.

 

Dunyo ichra aziz bo`ston,

Muqaddassan, O`zbekiston!

Muslima Rahmonberdiyeva,

 7-"B" sinf o`quvchisi.

O`zbekistonim

 

Sensan mening bahorim, O`zbekistonim,

Navnihol, navqironim, O`zbekistonim.

Kindik qonim to`kilgan muqaddas go`sha,

Dilimdagi tug`yonim, O`zbekistonim!

 

To`rt fasling sersaxovat, O`zbekistonim,

Tog`laringda bor viqor, O`zbekistonim.

Zilol daryolaring dardlarga shifo,

Kimlar tuprog`ingga zor, O`zbekistonim!

 

Sening bog`laringda bordir tarovat,

Sening uylaringda fayz-u barokat,

Sening bag`ringdadir barcha muruvvat,

Senga qiyosdur bog'i eramu, Jannat!

Xolisxon G`ulomjonova,

8-"Z" sinf o`quvchisi.

 

Tinchlik posbonlari

 

Bo`lsin tinchlik yurtimda,

Chunki tinchlik bebaho.

Tinchlik sotilmas pulga,

U dunyoda xo`p tanho.

 

Tinchlik - aziz bir ne'mat,

Kimlardir unga zordir.

Shukur qilib yashaylik,

Vatanimiz gulzordir.

 

Yurtimiz tinch va omon,

Quyosh porlaydi har on.

Adirlari go'zal, lolazor,

Tog`larida oppoq qor.

 

Tinim bilmay, oz so`ylab,

O`z xalqin tinchin o`ylab,

Shahar - qishloqlar bo`ylab,

Sergak turar posbonlar.

 

El tinchligin asraydi,

Posbonlar hech tinmaydi.

Yurti uchun jon berib,

Yurt sha'nini saqlaydi!

 

Nilufar Mavlonova,

8-"Z" sinf o`quvchisi.

 

Vatan aziz, tinchlik bebaho

 

Bebahodir sening tuprog`ing,

Yagonadir moviy osmoning.

Doim aziz bo`lgansan bizga,

O`zbekiston tinch yurtim mening!

 

Boshqa yurtlar hurmat qilurlar,

Beshak, sening qadring bilurlar.

Doim ko`kda bayrog`ing sening,

O`zbekiston Vatanim mening!

 

Biz asraymiz, tinch yurtim seni,

Oshirurmiz sening dovrug`ing.

Sodiq farzand bo`lgaymiz senga,

O`zbekiston Vatanim mening!

 

Yurtboshimiz bo`lsinlar omon,

Doim bizga bosh bo`lib yursin.

Ilgarilab barcha sohada,

Bu yilimiz quvonchli o`tsin!

 

Muhammadamin Kattaboyev,

7-"J" sinf o`quvchisi.

 

Tinchlik - bebaho ne'mat

 

Tinchligimiz katta baxt,

Osmonimiz charog`on.

Quvonchdan zavqqa to`lib,

Bolalik o`tar shodon.

 

Yurtdoshlarim oq ko`ngil,

Bag`ri keng hamda inoq.

Bu aziz hur Vatanda,

Yashaydi barcha quvnoq.

 

Tinchlik - noyob xazina,

Qadriga biz yetaylik.

Kelgusi avlodga ham

Uni taqdim etaylik!

Dilnoza Abduvaliyeva,

 7-"J" sinf o`quvchisi.

 

Biling tinchlik qadrini

 

O`zbekiston Vatanim,

Ko`rkam, go`zal, hur makon.

Doim kulsin bu yurtim,

Yashnayversin shu bo`ston.

 

O`zbekiston Vatanim,

Urayotgan yuragim.

Ko`ksimdagi jon tanim,

Borlig`imsan san manim.

 

O`zbekiston Vatanim,

Vujudim ham keragim.

Fido bo`lsin bu jonim,

Sening uchun hur yurtim.

 

Vatan asli azizdir,

Tinchlik esa bebaho.

Har ne'mati lazizdir,

Osmoni ham musaffo.

 

Biz bag`ringda ulg`ayib,

Buyuk inson bo`lamiz.

Maqsadlarga yetishib,

Ilm-u hunar olamiz.

 

Asrang yurtni, Vatanni,

Vatan tengsiz, buyukdir.

Biling qadrin tinchlikning,

U siz hayot do'zahdir.

Xurshida Xabibullayeva,

10-"Z" sinf o`quvchisi.

 

O`zbekiston askari

 

Qadamingdan o`t chaqnar,

Liboslaring yarashar.

Ko`rganlar havas qilar,

O`zbekiston askari.

 

Sen o`z o`rning sardori,

Himoyangda yosh-qari.

Sergak turgin, charchama,

O`zbekiston askari.

 

Temirdek qaynoq qoning,

Qadrlidir har oning.

Oshgay shon-u shuhrating,

O`zbekiston askari.

 

Ardoqlagin Vatanni,

Bag`ishlab jon-u tanni.

Yo`latmagin dushmanni,

O`zbekiston askari.

 

Ozod yurtim bor deb ayt,

Yuzing yorug` bo`lib qayt,

Faxr aylab bitgin bayt,

O`zbekiston askari.

Abduvahob Abduvaliyev,

10-"A" sinf o`quvchisi.

 

Vatan mening onamsan

Yagonasan, buyuksan,

Mehribonsan, oqilsan.

Mehri daryo go`shamsan,

Onamdayin bag'ri ummonsan!

 

Maqtay jismu jamoling,

Mehr to`la gulshaning.

Doim aziz iqboling,

Kulib tursin yanog`ing.

 

Vatan mening onamsan,

Shirin-shirin o`yimsan.

Qalbimdagi maqsadim,

Borar ulug' koshonamsan.

Zulayho Nodirbekova,

8-"G" sinf o`quvchisi.

 

Vatanim

 

Vatan aziz, tinchlik bebaho,

O`zbekiston yagona, tanxo.

Vatanparvar o`g`loni bor yurt.

El tinchligin posboni bor yurt.

 

Niyat qilib tilayman tilak,

Bizga faqat totuvlik kerak.

Vatan uchun fidodir jonim,

Mening buyuk O`zbekistonim.

 

Yurtim go`zal, farovon bo`lsin,

Jannatdayin charog`on bo`lsin.

Xonadonlar nurlarga to`lsin,

Tinchligimiz barqaror bo`lsin!

Abdulloh Rustamboyev,

7-"B" sinf o`quvchisi.

 

Tinchlik

 

Tinchligimiz bir ne'mat,

Asraylik uni har vaqt.

Tarixdan bizga tinchlik -

Muqaddas bir boylik.

 

Tinchlik Xudodan ne'mat,

Qalbdagi poklik ramzi.

Beg`ubor ko`ngildagi,

Oppoq niyatning ramzi.

 

Tinchlik go`zal, bebaho,

Orzuyimiz timsoli.

Tinchlik qushidir tanho,

Ezgulik tarafdori.

 

Xullas, mening niyatim,

Tinchlikni asrash kerak.

Ko'zlab xalqning baxtin,

Ezgulik qilish kerak!

Manzura Mutalova,

6-"Y" sinf o`quvchisi.

 

Ona tilim

 

Menga doim keraksan,

Ona tilim yagonam.

Agar butkul yo`q bo`lsang,

Izhor qilolmam nolam.

 

Dilimning tarjimoni,

Millatim faxri, joni.

Yashagin, topmay zavol,

O`zbegimning zaboni.

 

"Vatan", "Ona" so`zlarin,

Aytgim kelar tilimda.

Har bir o`zbek kalomi,

Sayqallanar dilimda.

 

Ona tilim bebaho,

Benazir va jarangdor.

Baralla xitob qilgim:

"Bu kabi til qayda bor?!"

 

Ona tilim, sen sabab

Yangrar "tinchlik" kalomi

Tinchlik abadiy bo`lsin,

Bu yoshlarning salomi!

Oydinoy Asronova,

8-"B" sinf o`quvchisi.

 

Mening Vatanim

 

O`zbekiston diyorim,

Go`zal, obod Vatanim.

O'z qudratin oshirib,

Tinch - totuv bo`lgan elim.

 

Bizlar seni asraymiz,

Quchog`ingda yayraymiz.

Yurtimiz tinchligiga,

Hissa qo`shaylik deymiz.

 

Osmono`par binolar,

Qad ko`tarib bag`ringda,

Bog`chalar-u maktablar,

Chiroy berar xusningga.

 

Sening bu dovrug`laring,

Jahonga yuz tutmoqda.

Olim-u allomalar,

Bag`ringda ulg`aymoqda.

 

Sen hech qachon ko`rmagin,

Urushning bir zahmini.

Ozod va obod bo`lgin,

Surgin tinchlik zavqini!

Muslimaxon Hayotullayeva,

6-"V" sinf o`quvchisi.

 

 

Vatan aziz, tinchlik bebaho

Bir fayzli xonadonda,

Yasharkan bir otaxon.

Bir kuni beribdi savol,

Nabirasi Lolaxon:

- Ayting menga, bobojon,

Vatan nima? Tinchlik-chi?

Javob beringiz shu on,

Ular katta, kichikmi?

Nabirasin savolidan,

Kuldi bobosi asta.

O'pib nabirasin peshonasidan,

Javob berdi oxista.

-Vatan aziz, munchog`im,

Aytayin buni senga.

O`zimning ovunchog`im,

Xo`p savol berding menga,

Aziz va muqaddasdir u,

Kindik qon to`kilgan joy,

Sening Vataningdir shu,

Unga yetmas quyosh, oy.

Tinchlikka kelsak endi,

U ham bir katta ne'mat.

Uning ham yo`qdir tengi,

Bunga shukur qil faqat.

Qarog`im, Vatan aziz!

Tinchlik esa bebaho!

Mohinur Odilova,

7-"D" sinf o`quvchisi.

 

O`zbekiston -  buyuk davlat!

 

O`zbekiston go`zal yurtim,

G`azallari bor boy yurtim.

Buyuklari dunyoni lol etgan,

Ajdodlardan meros yurtim.

 

Amir Temur o`gitlari,

Mirzo Bobur bitiklari.

Barchamizga ibrat bo`lgan,

O`zbegimning yigitlari.

 

Tinchligimiz - aziz ne'mat,

Yal - yal yonib, to`kar savlat.

Yashayapmiz zavqqa to`lib,

O`zbekiston - buyuk davlat!

Bibisora Mirzakarimova,

7-"B" sinf o`quvchisi.

 

Tinchlik

Ko`chalar osoyishta,

Farovon va sarishta.

Ko'ngillar obod juda,

Yurtimga ko`z tegmasin!

 

Osmonimiz musaffo,

Havosi tanga davo.

Suvlari tanga shifo,

Yurtimga ko`z tegmasin!

 

Tengsiz go'zal gulzorlar,

Mevaga to`lgan bog`lar.

Osmonni o`pgan tog`lar,

Yurtimga ko`z tegmasin!

 

Qadrlidir ajdodlari,

Baxtlidir avlodlari.

Baquvvat zurriyodlari,

Yurtimga ko`z tegmasin!

Oisha Mo`minova,

8-"G" sinf o`quvchisi.